2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Erkinjon Turdimov: "Yoshlar bilan uchrashuvni tuman markazida emas, mahallalarda o‘tkazamiz"

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning navbatdagi uchrashuvi viloyatning eng olis hududlaridan biri – Paxtachi tumanining Sardoba mahallasida o‘tkazildi.

Uchrashuvda shu mahallada yashovchi yoshlar ishtirok etib, o‘z muammo va masalalari yuzasidan viloyat hokimiga murojaat qildi.  

 – Ilgari bunday uchrashuvlarni shahar yoki tuman markazidagi katta, chiroyli zallarda o‘tkazardik, – dedi E.Turdimov. – Taklif etiladiganlar ham ko‘pchilikka tanish – faol, ko‘zga ko‘ringan yoshlar, chempion sportchilar, ko‘ksiga turli medllarni taqib olgan yigit-qizlar bo‘lardi. Bir yarim-ikki soat davomida turli savollar, takliflar aytilardi (ular ham ko‘p hollarda oldindan tayyorlab qo‘yilardi). Shu bilan uchrashuv tugardi. Haqiqatdan ham muammolari bor yoshlar olis mahallalar, qishloqlarda qolib ketaverardi. Endi bunday uchrashuvlarni mahalla, qishloqning o‘zida tashkil etamiz, o‘sha hudud yoshlari bilan gapalashamiz. Bugun sizning huzuringizga ham shu niyatda kelganmiz. Bugun siz gapirasiz, biz eshitamiz. Siz muammoni o‘rtaga qo‘yasiz, biz hal qilish chorasini ko‘ramiz.

  Shundan so‘ng yoshlar o‘z muammolari yuzasidan viloyat hokimiga murojaat qildi. Jumladan, Gulniso Rahmatova oliy o‘quv yurtini madaniyat yo‘nalishida bitirgan bo‘lsa-da kutubxonada ishga joylasholmayotganini aytdi. Uni uch kun muddat ichida ishga joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi. 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Mahliyo Muhammadiyeva muassasada elektron doska, laboratoriya jihozlari yo‘qligini aytib, ushbu masalada viloyat hokimidan yordam so‘radi. Viloyat moliya va xalq ta’limi boshqarmalari tez kunda maktabga yetkazib beradigan bo‘ldi.

 Uchrashuv davomida bankdan kredit olish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar ham aytildi va viloyat hokimi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘iga har bir murojaatni ijobiy hal qilish topshirig‘ini berdi.

 – Yigirma sotix hovlimiz bor, – deydi Alisher Ernazarov. – Undan samarali foydalanish maqsadida issiqxona tashkil etmoqchi edim. Ammo 5 oydan buyon bankdan kredit ololmayapman. Viloyat hokimiga ushbu masalada murojaat qilgandim, uch kun ichida zarur mablag‘ ajratib berilishini ma’lum qilishdi.

 Sardobalik yoshlar bilan uchrashuv davomida 70 dan ortiq murojaat qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

02.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar