2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul o‘tkazish amaliyoti odamlar mushkulini oson qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘i asosan Oliy sud rahabriyati ham joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Oliy sud raisining o‘rinbosarlari Ikrom Muslimov va Baxtiyor Isakov Toshkent shahrida o‘tkazgan sayyor qabullari davomida 232 nafar fuqaroni qabul qildi.

Fuqarolar murojaatlarining 120 tasi jinoyat, 72 tasi fuqarolik, 29 tasi ma’muriy, 11 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga taalluqli bo‘ldi.  

Shundan 79 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 153 nafar  fuqaroning yozma murojaati qabul qilindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 105 murojaat qanoatlantirilib, joyida ijobiy hal etildi.

Yuzga yaqin arizalar Oliy sud tomonidan nazorat tartibida xal qilish uchun qabul qilindi. Ularning 47 tasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atlariga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Tuman sudlariga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazilgan ishlar natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan 9, Yunusobod tumani sudi tomonidan 2, Yashnobod tumani sudi tomonidan 2 , Sirg‘ali tumani sudi tomonidan 11, Chilonzor tumani sudi tomonidan 4, Yakkasaroy tumani sudi tomonidan 1, Shayxontohur tumani sudi tomonidan 6, Uchtepa tumani sudi tomonidan 15, Bektemir tumani sudi tomonidan 1, jami 51 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.  

Shuningdek, 7 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sayyor sud majlisida ko‘rildi. Ularning arizasi qanoatlantirilib, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi.

Albatta, bu raqamlar zamirida inson taqdiri, uning muammodan qutilib, oilasiga bag‘riga qaytishi, oilalardagi xursandchilik, minnatdorlik, jamiyatdan rozilik kabi katta ma’no-mazmun mujassam.  

Shu ma’noda sayyor qabul o‘tkazish amaliyoti murojaatini qayerga yo‘llashni bilmay qiynalayotgan kishilar uchun ayni muddao bo‘layotgani, odamlar mushkulini oson qilayotgani bilan ahamiyatga molik.    

Qabuldan so‘ng fuqarolar tadbir tashkilotchilaridan,  Prezidentimizdan minnatdor bo‘layotgani bejiz emas.  

Bunday xayrli ishlar davom ettiriladi.  

02.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar