Buxoro viloyati Peshko‘ tumani “Bobohoji” mahalla fuqarolar yig‘ini Bobohoji qishlog‘ida yashovchi 6 nafar fuqaro – Gulsun Xoliqova, Shaxzoda Shokirova, Madina Akramova, Xaticha Ostonova, G‘oyibboy Nizomiddinov, Zuxro Nurovalar joriy yilning may oyidan buyon 60 kilodan topshirgan pilla pullarini ololmay kelayotgan edi.
Mazkur masalada fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Peshko‘ tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qildi. Murojaat xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi. Natijada har bir fuqaroga 950 ming so‘mdan naqd pullari olib berildi.
– Tuman Xalq qabulxonasiga fuqarolar tomonidan jami 915 ta murojaatlar kelib tushgan, – deydi Xalq qabulxonasi mudiri Habib Rahmonov. – Shundan 786 tasi (88.4 %) qanoatlantirilgan. 103 tasiga tushuntirish berilgan. Qolgan 26 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.
– Allayor qishlog‘idagi 25-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti asosiy yo‘l yoqasida qurilgan, – deydi tumanning Navoiy MFY Allayor qishlog‘ida yashovchi fuqaro Umar Yodgorov. – U yerdan mashinalar yuqori tezlikda harakatlanadi. Bu bolalar sog‘ligi uchun xavfli. Mazkur masalada xalq qabulxonasiga murojaat qilgandim. Murojaatim ijobiy yechim topdi. Bolalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy notekislik va yo‘l belgilari qo‘yildi.
– Tuman obodonlashtirish boshqarmasida ishlab kelayotgandim, – deydi tumanning Ibn Sino MFY Avdeni qishlog‘ida yashovchi fuqaro Dilfuza Davronova. – Kasal bo‘lib kasallik varaqasi ochtirib kasalxonada davolandim. Sog‘ayib ishga chiqganimdan keyin meni asossiz ravishda ishdan bo‘shatishdi. Norozi bo‘lib xalq qabulxonasiga murojaat qilgandim. Murojaatim shu kunning o‘zida virtual tizimga kiritilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan. Shundan so‘ng tuman obodonlashtirish boshqarmasiga, o‘z ishimga tiklandim. Murojaatim ijobiy hal etilganidan xursandman.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |