2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘ra Bobolov: murojaatlarni yechib berayapmiz. Biroq, ba’zilar murojaatim hal etib berilmadi, deya gap tarqatmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar rahbarlari Sho‘rchi tumanidagi 67-umumta’lim maktabida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda Prezidentimizning viloyat va tumandagi Xalq qabulxonasi, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, murojaatchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda barcha darajadagi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqotga kirishib, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni tinglayotgani ayniqsa, sayyor qabullar orqali murojaatchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ular o‘rtaga tashlayotgan masalalarning yechimini topayotgani odamlarning og‘irini yengil, mushkulini oson hal etishga ko‘maklashmoqda. Ertangi kunga ishonchini mustahkamlayotir. Lekin, ayrim fuqarolar o‘rtaga tashlagan masala hal etib berilgan bo‘lsa ham o‘sha masalada takror murojaat etayotgani ajablanarlidir.

–Ba’zi fuqarolarning avvalgi sayyor qabullarda murojaatini tinglab, yechimini topib bergan bo‘lsak-da, ularning ijtimoiy yordam so‘rab, qayta murojaat etayotgani kuzatilmoqda, – dedi viloyat hokimi To‘ra Bobolov. – Mana, bugun ham bundan avvalgi qabullarimizda yordam ko‘rsatilgan ayrim insonlar shu masala bilan takror kelganiga nima deysiz? Bunday "xumor" ularni boqimanda qilib tashlamayaptimi? Ikkinchidan, biz rahbarlar murojaatlarni yechib berayapmiz. Biroq, ba’zi odamlar hali murojaatim hal etib berilmadi, deya gap tarqatib yuribdi. Buni qanday tushunish mumkin?

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Sho‘rchi tumani murojaatlar bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Mazkur ommaviy qabul ham shundan kelib chiqib tashkil etildi.

Sayyor qabulda aholi murojaatini mazmunan tezkor ko‘rib chiqish, ijobiy hal etish uchun ularni viloyat hokimi T.Bobolov, viloyat prokurori S.Turdiyev, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Ismoilov, davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i S.Eshmatov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Haqnazarov, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi viloyat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qabul qildi.

"Ko‘klam" mahallasida yashaydigan B. Oripov va o‘g‘illari Alijon hamda Shohruxlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ular Rossiyada yaxta ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilib, yanada ko‘proq hunarga ega bo‘lgan. Endilikda Samarqand shahridagi "Isuzi" yuk mashinalari korxonasidan kozerok, bufer kabi ehtiyot qismlarga buyurtma olib, tayyorlab berishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, Jizzax viloyatidan baliq parvarishlash uchun besh tonna suv sig‘imli sun’iy hovuzcha yasab berish uchun ham buyurtma tushgan.

– Buning uchun bizga steklavata va smola mahsulotlari kerak, – deydi Sh.Oripov. – Tijorat bankidan o‘ttiz million so‘m kredit mablag‘i so‘ragan edik. Negadir kreditni ajratish muddati cho‘zilib ketmoqda. Shu masalada yordam so‘rab keldik.

Ota-bola tadbirkorlarning bu murojaati Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi nazoratida hal etiladigan bo‘ldi.

Ushbu sayyor qabulning yana bir ahamiyatli jihati odamlar duch kelayotgan ayrim muammolarni xalq nomidan mahalla raislari va mahalliy kengash deputatlari o‘rtaga tashladi. Masalan, Oqtumshuq mahallasi raisi hududdagi kam ta’minlangan qator oila tomarqasida ixcham issiqxona uchun mablag‘ so‘rayotgani va shu maqsadda subsidiya ajratilishiga yordam ko‘rsatishni taklif etdi. Kushon mahallasi raisi B. Davlatov mahalladagi artezian quduq suvining tami o‘zgarib qolgani uchun aholi uni tozalashga ko‘maklashish masalasini o‘rtaga tashlayotganini malum qildi.

Kushon mahallasida 3 ming 198 kishi yashaydi. Ular ikkita artezian quduq suvidan iste’mol qiladi.

–Bir guruh mahalladoshim artezian quduqdan ko‘chaga quvur tortish masalasida ko‘mak so‘ramoqda, – deydi tuman kengashi deputati A.Qudratov. – Chunki ichimlik suvni artezian quduqdan tashib, ichmoqda. Bu ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarda ko‘pchilikni mushkul ahvolga qo‘ymoqda. Bu masalani hal etish uchun ko‘p emas, 2 ming 400 metr quvur tortib, suvni aholi xonadonigacha olib borish kerak. Aholi mendan sayyor qabulga shu muammoni yetkazishni so‘radi.

Aholining ichimlik suv bilan bog‘liq ikkita masalasi ham «Surxondaryo suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘rganilib, ijobiy yechim topadigan bo‘ldi.  

Ommaviy sayyor qabulda 150 ga yaqin fuqaroning 200 dan ziyod murojaati tinglandi. Ularning 57 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar yechimi vaqt talab qilgani uchun aniq muddat belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

06.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar