Poytaxtimizdagi ommaviy qabullar haftaligi turli sohalar bo‘yicha tashkil qilingani faoliyati bir-biriga yaqin tizimlar mutasaddilarining murojaatlar bilan o‘zaro hamfikr-u hamjihat ishlashini ham ta’minladi.
Haftalikning so‘nggi kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Bosh vazirning tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Din ishlari qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ullari o‘z yo‘nalishidagi murojaatchilarni qabul qilib, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim izladi.
Muloqotlar davomida tadbirkorlik bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirkor Gulmira Saidova Yashnobod tumanining Olmos mahallasida, Elmira Duysenova esa shu tumanning Go‘zal mahallasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilgan. Biroq ularning ikkisini ham bir masala – bog‘cha faoliyatini yurg‘izishda moliyaviy yetishmovchilik qiynab kelmoqda. Biznes-ombudsman vakillari har ikki murojaatni tinglab, bu masalani hal qilishda amaliy yordam beradigan bo‘ldi.
Yakkasaroy tumanida joylashgan “GXAF Vatan” MCHJ huquqshunosi Azizxo‘ja Umarxo‘jayevning aytishicha, mazkur korxonaga tegishli bino 2017 yilda buzib tashlangani holda haligacha kompensatsiya to‘lab berilmagan. Korxona shu masalada adolat so‘rab Chilonzor tumani ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritgan. Shu yilning 12 noyabr kungi sud qarori bilan da’vo qanoatlantirilgan, biroq sud qarori ijro bo‘lmayapti. Biznes-ombudsman vakili mazkur masalani ham hal qilib berishni o‘z nazoratiga oldi.
Abdumannon Abduqodirov ham shu mazmundagi ariza bilan murojaat qildi. Tadbirkorning aytishicha, uning Olmazor tumanida joylashgan umumiy maydoni 422 kv. metr bo‘lgan qahvaxonasi binosi Toshkent shahar hokimining 2018 yil 8 sentyabrdagi qaroriga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olingan-u tadbirkorga yetkazilgan zarar qoplanmagan. Biznes ombudsman vakillari bu masalani ham ijobiy hal qilib beradigan bo‘ldi.
Mirobodlik Maqsuda Qurbonova esa Savdo sanoat palatasi vakillariga kichik bir korxona ochish va yangi ish o‘rinlari yaratishda amaliy yordam so‘radi. Tadbirkorlik o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, buning uchun avvalo bilim va ko‘nikma zarur. Shu bois ham Savdo sanoat palatasi vakillari Maqsuda opaga tadbirkorlik bo‘yicha o‘qish jarayonini tashkil qilib, imtiyozli bank krediti va joy ajratib berishda amaliy yordam beradigan bo‘ldi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga ham ariza-shikoyat bilan kelganlar ko‘p bo‘ldi. Ohangaronlik 41 yoshli Dilafro‘z Matkarimova 2 nafar farzandini yolg‘iz o‘zi katta qilmoqda. Telov qishlog‘ida yashovchi bu ayolning kichik farzandida yurak yetishmovchiligi bor. Ishsizlik, ro‘zg‘or tebratish mashaqqati uni og‘ir ahvolga solib qo‘ygan. Vazirlik mas’ullariga murojaatdan so‘ng Dilafro‘z Matkarimova ish bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Imtiyozli ipoteka krediti evaziga Sergeli tumanidan yangi xonadon sotib olgan Zuhra Muriginaning ham doimiy ish so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal qilib beriladigan bo‘ldi.
Malika Abenova esa Yunusobod tumani 19-mavzedagi 15-uyda oilasi bilan yashaydi. Xastalanganidan keyin farzandi, kelini va nevaralari bilan boshqa joyga ijaraga chiqishdi. Pandemiya sabab oiladagilar ishsiz qolgan. Ikki nafar nevarasi uchun esa nafaqa tayinlanmagan. Besh oydan beri butun oila onaxonning pensiyasiga qarab qolgan. Farzandlari uchun doimiy ish yo‘q. Vazirlik mas’ullari Malika Abenovaning farzandlariga ish topib beradigan bo‘ldi, nevaralariga nafaqa tayinlash masalasi esa o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.
Chilonzorlik Hamidulla Mirsoatovning o‘g‘li Shavkat Mirsoatov 36 yoshda. Organizmiga tushgan infeksiya bois xastalangan farzandini davolatishga oilaning imkoni yo‘q. Hamidulla akaning murojaatidan so‘ng ularga bu masalada yordam berishga va’da qilindi.
Prezident Xalq qabulxonalari Toshkent shahrida tashkil qilgan ommaviy qabullar haftaligi davomida jami 3 ming 877 nafar murojaatchining 3 ming 943 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 1 ming 230 tasi joyida hal qilingan bo‘lsa, 768 ta murojaat egasiga huquqiy maslahat va tushuntirish
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |