Xatirchi Navoiy viloyatining olis va togʻli tumanlaridan. Hududni kompleks rivojlantirish, aholining issiq-sovugʻidan boxabar boʻlish uchinchi sektor rahbari sifatida viloyat IIB boshligʻi zimmasiga yuklatilgan.
Shu bois tumanda sektor rahbari tomonidan sayyor qabullar oʻtkazilib, fuqarolarni tashvishga solayotgan muammolar imkon qadar joyida bartaraf etilmoqda.
Shunday qabullardan navbatdagisi Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshligʻi hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuvda tuman yoshlari, xotin qizlar va ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi. Ochiq muloqotlar jarayonida tuman yoshlari va xotin-qizlar oʻz bizneslarini boshlash maqsadida imtiyozli kredit olish, kasb hunar oʻrganish, tumandagi boʻsh yotgan inshootlardan foydalanish hamda nogironlik aravachalari, eshitish moslamalarini olish kabi bir qator muammolar bilan murojaat qildilar.
Chunonchi fuqaro Sardor Pardayev sogʻligidagi muammolar sabab bir necha yillardan buyon yurish imkoniyatiga ega emasligi bois nogironlik aravachasiga ehtiyoj sezayotganligini bayon etdi. Mazkur murojaat shu kuniyoq qanoatlantirildi.
Joriy yil OTM talabalari safiga kontrakt toʻlovi asosida qabul qilingan Marjona Zoirova esa pandemiya sharoitida toʻlov shartnomalarini toʻlashga qiynalib qolganligini maʼlum qildi. Talabaning murojaatiga yechim topishni viloyat 3-sektor rahbari oʻz zimmasiga oldi.
Taʼkidlash joiz shu kuni yana ikki nafar xatirchilik yosh talaba oʻz kontrakt toʻlovidagi muammosiga yechim topdi. Bundan tashqari shu kuni tumandagi ehtiyojmand xotin-qizlarga 20 ta tikuv mashinasi, 8 ta nogironlik aravachasi hamda eshitish moslamalari berilib, 6 nafar yoshlarning imtiyozli kredit, 11 nafar yoshlarning hunarmandchilik va kasbga oʻqitish, 30 nafar ishsiz yoshlarning esa bandligi masalalari ijobiy hal etildi.
Chunonchi, Avazbek Ahadov 5 yil muqaddam sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli erkin harakatlanish imkoniyatini yoʻqotgan. Ayni navqiron yoshida bu kabi holat uning irodasini bukib qoʻymadi, kompyuter texnologiyasidan yaxshigina xabari bor Avazbek sayyor qabulda kompyuter jamlanmasiga ehtiyoji borligini va bu orqali mehnat qilib daromad olishi mumkinligini bildirdi. Mutasaddilarning tashabbusi bilan shu kuni Avazbekning iltimosi qanoatlantirildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarning aksariyat murojaatlari joyida bartaraf etilgan boʻlsa, muddat talab etadigan masalalar mutasaddi rahbarlar tomonidan alohida nazoratga olinib, aniq manzilli topshiriqlar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |