Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari tanqidiy tahlil qilindi.
Xususan, tabiiy gaz va ko‘mir ta’minotida noqonuniy xarakatlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, Muborakda g‘isht ishlab chiqarish zavodi yer ostidan o‘tgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, 4,3 million kub metr gazni talon-toroj qilgan. Bu 8 mingta xonadonning bir oylik gaz ta’minotidir.
Shuningdek, joriy yilda 74 ta tumandagi yirik gaz tarmoqlariga zamonaviy o‘lchagichlar o‘rnatilgani natijasida 2 mingdan ziyod ulgurji iste’molchilar tomonidan 7 million kub metr tabiiy gaz noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlangan.
Shulardan kelib chiqib, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bildirildi.
– Bu yil qishni qanday o‘tkazamiz? Bugun hamma rahbarlar shu savolga javob berishi kerak. Haqiqatan ham, muammolar juda ko‘p. Ularni faqat mahallabay kesimda chuqur o‘rganish va hal qilishgina natija beradi, – deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Issiqlik ta’minotidagi 153 ta qozonxonani va 2 ming 802 kilometr tarmoqlarni ta’mirlash chora-tadbirlari belgilandi.
Davlatimiz rahbari is gazi va chaqnashlar bilan bog‘liq noxush holatlarga to‘xtalib o‘tdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘inga qarshi kurashish boshqarmasi faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, tubdan isloh qilish, yong‘inga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bosh vazir o‘rinbosariga mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar etib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
Videoselektor yig‘ilishida yana bir dolzarb masala – aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash vazifalari atroflicha muhokama qilindi.
Narx-navoning oshishi keskin tanqid qilindi. Buning oldini olish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi hududlar kesimida tahlil qilindi. O‘tgan oylarda narx-navo nisbatan oshgan viloyat va tumanlar ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddi idoralarga har bir hududda shtablar tashkil qilib, bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasi holatlarining qat’iy oldini olish vazifasi qo‘yildi. Ichki va tashqi bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini, narx-navosini, mavjud ehtiyoj va talablarni kunlik tahlil qiladigan idoralararo ishchi guruh tuzilishi belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida talab oshishini inobatga olib, rastalarni mahsulotlar bilan to‘ldirish, dehqon bozorlari va yirik savdo ob’ektlarida yarmarkalar tashkil etib, ularga tovarlarni arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berish muhimligi aytildi.
Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin o‘zgarishi prognoz qilinmoqda. Shu bois ichki bozorga asosiy turdagi tovarlarni kafolatli yetkazib berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil qilinib, 50 million dollar ajratilgan.
Ushbu mablag‘lar hisobidan birinchi navbatda o‘simlik yog‘i va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olib, kamida 3 oylik zaxira yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Xuddi shunday ishlar hokimliklar qoshida tashkil etilgan jamg‘armalar orqali ham amalga oshirilib, har bir hudud o‘z zaxirasini shakllantirishi kerakligi ta’kidlandi.
Bosh vazirga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, ichki bozorlarni tahlil qilib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini intervensiya qilish, bu borada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |