2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nurafshon shahrida davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasini amalga oshirmoqda.

Bu orqali qishloq joylardagi aholining zaif qatlamlari, ayniqsa, ayollar, yoshlar va bolalar, qariyalar va nogironlarning turmush darajasini yaxshilash borasida O‘zbekiston hukumatining muhim qadamlaridan biri bo‘lmish davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida shaffoflik va oshkoralikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.  

Shuningdek, inson omili ta’sirini kamaytirish uchun sohada avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish, korrupsiyaning oldini olish choralarini qo‘llash kabi muhim vazifalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda Toshkent viloyatidagi Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazi ham tajriba tariqasida tanlab olingan.  

Davlat xizmatlari agentligi tizimida kadrlar malakasini oshirish,  aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash va takliflar ishlab chiqish maqsadida Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari, DXM va davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat idoralari vakillari ishtirokida  seminar-trening tashkil etildi. 

Jumladan, Nurafshon shahri Toshkent viloyatining yangi poytaxti hisoblanadi. Reja bo‘yicha bu O‘zbekistondagi birinchi “aqlli shahar” bo‘ladi.  Shu bois DXM xizmatlarini ommalashtirish orqali shahar aholisini, ayniqsa, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga yangi innovatsion g‘oyalarni olib kirish, raqamli ko‘nikmalar markazlarini tuzish kabi qator yo‘nalishlarni hayotga  tatbiq etishda ushbu hudud uchun juda  muhim ahamiyatga ega. 

Seminar-treningda dastlab mutasaddilar BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida yig‘ilganlarga axborot berdi. DXM faoliyatini takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, muammolarni  birgalikda hal etish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.    

  — Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ortiqcha ovvoragarchiliklarni oldini olishga va korrupsiya holatlari yuzaga kelishining oldini olishga  xizmat qiladi, — deydi DXA Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Karimov.  — Seminarda soha oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat idoralari salohiyatini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, milliy boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha 2021 yil uchun loyiha-rejalar bilan ham tanishdik.    

Ta’kidlanganidek, Davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida, qo‘shma loyiha doirasida Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash nazarda tutilgan.    

23.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar