2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Talimarjon yanada obod go‘shaga aylandi

Yurtimizda aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida hududlarda bugun mislsiz obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Xususun, Yangi yil bayrami arafasida Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Talimarjon shaharchasida 2019 yilda “Obod shahar” davlat dasturi doirasida boshlangan bunyodkorlik ishlarining samarasi o‘laroq bir qator ijtimoiy ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

Talimarjon shahri 1975 yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda u yerda 100 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 11,5 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mazkur shaharchada viloyat hokimining tegishli qaroriga asosan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.  

Xususan, hududdagi 1971 yilda qurilgan 400 o‘rinli madaniyat saroyida 2019-2020 yillarda “Bunyodkor servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan loyiha qiymati 6,2 milliard so‘mlik kapital tamirlash ishlari bajarildi. Madaniyat saroyining yangi binosida ommaviy tadbirlar, maqom, baxshichilik, folklor, amaliy san’at to‘garaklari ochilishi ko‘zda tutilgan.

Shaharchadagi 150 o‘rinli 19-maktabgacha ta’lim muassasasi ham 1986 yilda qurilgan bo‘lib, ancha ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. 2,2 milliard so‘mlik kapital tamirlash ishlaridan so‘ng mazkur ta’lim tashkiloti ham zamonaviy ko‘rinish oldi. 

216-o‘rinli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ta’mirtalab holga kelishi barobarida mavjud ehtiyojlarni qondira olmayotgan edi. Ta’lim muassasida ta’mirlash ishlari bilan birga yonidan yana 216-o‘rinli zamonaviy ikki qavatli qo‘shimcha bino barpo etildi. Natijada maktabning bola qamrovi 432 o‘ringa yetdi.  

80-yillarda qurilgan 2-sonli 40 o‘ringa mo‘ljallangan Talimarjon shifoxonasi va 150 o‘rinli shahar poliklinikasi ham qariyb 3,5 milliard so‘mlik kapital ta’mir ishlaridan so‘ng zamonaviy qiyofaga keldi. Shifo maskanlarida o‘rnatilgan zamonaviy tibbiy uskunalar aholi xizmatiga shay.  

Shu kuni shaharchada istiqomat qiluvchi 16 nafar boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, kam ta’minlangan va uy-joyga muhtoj og‘ir ahvoldagi oila vakillariga “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Turkiston ko‘chasidagi shinam uy-joylar sohibiga aylandi. Ularga bepul uy ajratilganligini tasdiqlovchi orderlar tantanali topshirildi.  

Yangi tashkil etilgan “Talimarjon baraka chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi tikuvchilik sexi hududdagi ishsiz xotin-qizlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Korxona ish boshlaganiga endigina ikki hafta bo‘lganiga qaramay ichki bozorga mahsulot chiqara boshladi. Ayni paytda tikuvchilik fabrikasida 100 ga yaqin xotin-qiz ustoz-shogird an’analariga ko‘ra faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Bundan tashqari “Obod shahar” dasturi doirasida shaharchada boshqa ta’lim muassalari, shaharchaga kirib keluvchi 12 kilometr avtomobil yo‘li va jami 25,06 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi. Elektr va gaz ta’minotidagi muammo va kamchiliklar bartaraf etildi. Davlat xizmatlari markazi zamonaviy ko‘rinishdagi muhtasham binoda ish boshladi. Bir so‘z bilan aytganda shaharcha obod go‘shaga aylantirildi.  

Kun davomida keng jamoatchilik vakillari, poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yuqorida ta’kidlangan ob’ektlar bayramona ruhda foydalanishga topshirildi.  

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Mirzayev ham ishtirok etdi.

25.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar