Eng ulug‘, eng aziz ayyom – istiqlolimizning 27 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyatida uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga yangi uy-joylar tantanali ravishda topshirildi.
Kuchli ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Inson manfaati ulug‘lanayotgan yurtimizda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ayniqsa, kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratib berish ishlari barcha hududlarda davom etmoqda.
Jamiyatimizda, yon-atrofimizda nogiron, mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan odamlar ham bor. Ular ham baxtli yashashga haqli. Ular orasida uy-joyga ehtiyoji bo‘lganlarning muammolarini amaliy hal etish muhim vazifadir. Bugunga qadar viloyat bo‘yicha uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan ko‘plab fuqarolar arzon va imtiyozli uy-joylarga ega bo‘ldi. Eng ulug‘, eng aziz bayram oldidan 200 ga yaqin ehtiyojmand oilaga yangi uy-joylar topshirilishi ham ana shu g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
Qo‘qon shahrida uy-joyga muxtoj, ehtiyojmand 38 oilaga yangi uy-joylar topshirish marosimi katta shodiyonaga aylandi.
– Sevinchimni so‘z bilan ifodalab berolmayman, – deydi Ilhomjon To‘xliyev. – Birinchi guruh nogironiman. Uch xo‘jalik ikki xonali uyda bir necha yildan buyon yashab kelayotgan edik. Oilaviy yotoqxonadan ikki xonali uy berishdi. Bizdek ko‘ngli o‘ksiklarni qo‘llayotgan davlatimizdan behad minnatdormiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ularni arzon va imtiyozli uy-joy bilan ta’minlash borasida aniq chora-tadbirlar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
...Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi Mavjuda Fozilova boshidan ko‘p qiyinchiliklar o‘tkazdi. Ikki farzandi bilan uy-joysiz yashab kelayotgan Mavjuda ko‘p qavatli yangi uylardan biriga ega bo‘ldi.
– Bizga berilgan xonadonda sharoitlar kutganimizdan ham ortiq, –deydi M.Fozilova. – Bunday e’tiborga, g‘amxo‘rlikka javoban imkonim boricha mehnat qilaman, bolalarimni el xizmatiga kamarbasta insonlar qilib tarbiyalayman.
Marg‘ilon shahrida ham ehtiyojmand oilalarga yangi uy joylar topshirilgani Mustaqillik bayrami oldidan ularga munosib tuhfa bo‘ldi. Tadbirda mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga yuksak e’tibor qaratilayotgan ta’kidlandi.
– Ikki farzandim bilan 18 yildan buyon uy-joysiz edik, – deydi Sanobar Karimova. – Mana bu uy bizga juda katta sovg‘a bo‘ldi. Uy olishimni eshitganimdan beri quvonchimdan uxlay olmayman. Inson kichik bo‘lsa-da, o‘z uyiga ega bo‘lgani juda katta baxt ekanini bugun his etdim. Buning uchunPrezidentimizdan minnatdormiz.
Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat) O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |