2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
2019-yilda qancha qishloq obodonlashtiriladi?

Iqtisodiyot vazirligida “Obod qishloq” dasturining ijrosi va istiqboldagi vazifalar mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda Iqtisodiyot, Moliya, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo”, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi masʼul xodimlari ishtirok etdi.

 

“Obod qishloq” dasturining ijrosi ilk bor Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanidagi Manas qishlogʻida oʻz amaliy ifodasini topdi. Manas bor-yoʻgʻi 45 kunda tubdan yangilanib, fayzli maskanga aylantirildi. Endilikda Manas tajribasi asosida respublikadagi barcha qishloqlar qiyofasini oʻzgartirish va iqtisodiy-ijtimoiy muhitni tubdan yaxshilashga eʼtibor qaratilmoqda.

 

Joriy yilda “Obod qishloq” dasturi boʻyicha 416 qishloqda ishlar jadal amalga oshirilmoqda.Dasturga kiritilgan barcha qishloq aholi punktlarining bosh rejalari ishlab chiqildi. Qishloqlar qiyofasini oʻzgartirish uchun birinchi navbatda, uy-joylarni taʼmirlash va tartibga keltirish talab etiladi. Jumladan, 263 mingta uy-joy toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, ularning 132,4 mingtasi taʼmirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi.

 

Dastur doirasida aholining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun 2 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 17,9 mingta oqava suv xandaqlarida taʼmirlash-tiklash, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 3 ming 971 kilometr past kuchlanishli tarmoqlar va 2 ming 384 dona transformator punktlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish koʻzda tutilmoqda.

 

Tabiiy hamda suyultirilgan gaz taʼminotini yaxshilash boʻyicha 417 kilometr gaz quvurlarini taʼmirlash, 374 kilometr gaz quvurlarini bosim ostida sinash va 198 kilometr tarmoqlarning texnik holatini maxsus uskunalar yordamida diagnostikadan oʻtkazish belgilab olindi. Bugungi kunga qadar, ushbu tadbirlar doirasida 674 kilometr gaz quvurlari taʼmirlandi, 352 kilometr gaz quvurlari maxsus priborlar yordamida diagnostikadan oʻtkazildi va 1 ming 720 dona gaz taqsimlash punktlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Bundan tashqari, suyultirilgan gaz taʼminotidagi qishloqlarga 48 ming dona gaz ballonlar tarqatish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 55 ming dona yetkazib berildi.

 

2 ming 589 kilometr yoʻllarni taʼmirlash, jumladan, 5 kilometr yoʻlda kapital taʼmirlash va 2 ming 584 kilometr yoʻllarda joriy taʼmirlash ishlari bajariladi. Bunda, mavjud asfalt-beton qoplamali yoʻllar joriy taʼmirlanadi hamda tuproq yoʻllar shagʻal yoʻllarga oʻtkaziladi. Bugungi kunga qadar ushbu tadbirlar doirasida 1 ming 469 kilometr avtomobil yoʻllari joriy taʼmirlandi.

 

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra, “Obod qishloq” dasturini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaror loyihasi tayyorlandi. Keyingi yilda mamlakatimizning har bir tumanida 3 tadan qishloq tanlab olish belgilangan. Dastlabki manzilli ruyxatga koʻra, 2019-yilda 159 tumandagi 477 qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda. Ushbu qishloqlarda qurilish-obodonlashtirish ishlari joriy yilning 1-oktyabridan boshlanishi koʻzda tutilmoqda va barcha zaruriy tashkiliy masalalar qaror bilan beligilangan.

 

Davron Sunnatov, OʻzA

30.08.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar