Senat yalpi majlisida Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
– Murojaatnomada aholini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash tizimini yaxshilash, ushbu sohada davlat ulushini qisqartirishga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan juda katta miqdorda mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilganligidan hammangiz xabardorsiz. Shundan kelib chiqib, qonunlarda belgilangan vakolatlarimizni amalga oshirayotganda, ayniqsa mas’ullarning hisobotlarini eshitishda Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratamiz va shunga qarab ular faoliyatiga qat’iy baho beramiz.
Tegishli qo‘mitalar ushbu topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olishlari lozim. Misol uchun, kelgusi yilda inflyatsiyani 10 foizdan oshirmaslik bo‘yicha Markaziy bank va Hukumat oldiga aniq vazifa qo‘yildi. Markaziy bank va Vazirlar Mahkamasi faoliyati tahlil qilganda, asosiy urg‘uni ushbu vazifa ijrosiga qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shuningdek, Adliya vazirligiga qabul qilingan hujjatlarni mas’ullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish va nazorat qilish kabi dolzarb vaziflar qo‘yildi. Shundan kelib chiqib, vazirlikning mazkur topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar holatini muntazam ravishda o‘rganib boramiz va tegishli baho beramiz.
Bundan tashqari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati o‘rganilganda asosiy e’tibor tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish, tabiiy gaz ta’minotida monopoliyani bekor qilib, bozor mexanizmlarini joriy etish masalalariga qaratiladi.
Ushbu vazirlik, qo‘mitalarga yuqorida qayd etib o‘tilgan topshiriqlar asosida o‘z faoliyatlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratib berilgan, – dedi Senat Raisi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |