Samarqand viloyati sudlari raislari hamkorligida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Toyloq, Jomboy, Bulung‘ur, Past Darg‘om, Samarqand tumanlari Xalq qabulxonalarida fuqarolar bilan sayyor qabullar tashkil qilindi.
Sayyor qabul jarayonida jinoyat ishlari bo‘yicha 83, fuqarolik ishlari bo‘yicha 4, ma’muriy ishlar bo‘yicha 2 murojaat tushdi. Murojaatlarning aksariyati ijobiy hal qilindi, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, sayyor sudlarda 62 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi hamda ma’muriy ishlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 11-bandiga asosan 16 nafar shaxsga nisbatan ishlar tugatildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021 yil 8 yanvardagi hukmi va ajrimiga ko‘ra 2 nafar sudlanuvchi qamoqdan ozod qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |