2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonalari 2020 yilda: hal etilgan masalalar, javobgarlikka tortilgan mas’ul xodimlar...

2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 million 196 ming 370dan ziyod murojaat (oyiga o‘rtacha 99,7 mingta, 1 kunda – 3,2 mingta) kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning 58 foizi (693,9 ming) ijobiy hal qilish va huquqiy maslahat berish orqali yechimini topgan. 373,6 mingdan ziyod murojaat egasiga tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida.

Shuningdek, 2020 yilda aholidan quyidagi yo‘nalishlarda eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan:

- moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar (2 yoshli, 14 yoshli bolalar nafaqasi) masalasi – 129 ming 472 ta

- ish bilan ta’minlash - 55 ming 203 ta

- uy-joy ta’minoti - 47 ming 307 ta

- aliment undirish - 44 ming 780

- karantin davrida moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan ta’minlash - 44 ming 293

- elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar - 37 ming 874

- ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash va undirish - 24 ming 80

- yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yish - 20 ming 491

- maishiy gaz balloni bilan ta’minlash - 18 ming 588

- aholi uy-joylarini ta’mirlash - 15 ming 722.

2020 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlaridan norozilikka oid murojaatlar 20 foizga, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar 9 foizga, uy-joy bilan ta’minlash 3 foizga, yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yishga doir masalalar bilan murojaat qilish 2 foizga kamaygan.

Bitta ommaviy qabulda o‘rtacha 300 ga yaqin masala ko‘rib chiqilgan, o‘rtacha 201 masala hal qilindi.

2020 yilda hududlarda qat’iy karantin qoidalari asosida muntazam ommaviy qabullar tashkil qilingani pandemiya davridagi muammolarni birinchi bo‘g‘inda aniqlash va ularga yechim topishda nihoyatda muhim platforma bo‘ldi.

Bir misol – Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Xalq qabulxonalari, Bosh prokuratura, Oliy sud va yana o‘ndan ziyod vazirliklar, qo‘mitalar rahbarlari ishtirokida mamlakatimizning barcha hududida jami 93 marta ommaviy qabullar tashkil qilindi. Bu qabullarda qariyb 26,9 ming nafar murojaatchilarni o‘ylantirayotgan 27,7 mingdan ziyod masalalar o‘rganildi. Ulardan 18 ming 720 dan ziyodiga yechim topildi, hal qilib berildi, 8,3 mingdan ziyod murojaat bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 588 ta masala qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.

Bitta ommaviy qabulda o‘rtacha 300 ga yaqin masala ko‘rib chiqilgani, o‘rtacha 201 masala hal qilingani – shunchaki oddiy raqamlar emas. Ularning zamirida yuzlab kilometr chang-loy ko‘chalarning tosh-shag‘al yo‘llarga aylantirilishi, o‘nlab yangi transformatorlar o‘rnatilishi, ming-minglab suyultirilgan gaz ballonlari, vagon-vagon ko‘mir yetkazib berilishi, qanchadan qancha yigit-qizlarning doimiy ishli bo‘lishi, tadbirkorlarga kreditlar, ehtiyojmand insonlarga oziq-ovqat, dori-darmon, shifoxonalarga yo‘llanmalar berilishi kabi amaliy ishlar mujassam. Va bularning barchasi insoniyatni dovdiratgan pandemiya mamlakatimiz iqtisodiyotining ham oyog‘idan olgan og‘ir-murakkab bir paytda amalga oshirilgani xalq bilan muloqot tizimi islohotlarni hayotga tatbiq qilishning, xalq roziligini ta’minlashda eng samarali mexanizm ekanining yana bir hayotiy isbotidir.

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan axborot va eshitilgan hisobotlar natijasida murojaatlar bilan talablar darajasida ishlamagan 752 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortildi.

2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar ijrosi bo‘yicha Xalq deputatlari kengashlari majlislariga Xalq qabulxonalari tomonidan 743 ta axborot kiritilgan. Unga ko‘ra 1 ming 759 nafar sektor yoki davlat idoralari rahbarlarining hisobotlari eshitilgan.

Kiritilgan axborotlar va eshitilgan hisobotlar natijasi bo‘yicha 752 nafar mas’ul xodim aholi murojaatlari bilan talablar darajasida ishlamaganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qo‘llanilgan, 89 nafariga hayfsan e’lon qilingan, 617 nafar mas’ul xodimlar esa rasman ogohlantirilgan.

Prezident xalq qabulxonalari taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortilgan.

2020 yilda Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyati tizimli o‘rganilib, ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan 3 ming 353 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortilgan, shundan 201 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 286 nafariga jarima qo‘llanilgan, 1 ming 467 nafariga hayfsan e’lon qilingan, 1 ming 154 nafar mas’ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.

23.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar