Ishsiz va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topishlarida har tomonlama yordam ko‘rsatish sektorlar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati prokurori Ulug‘bek Qosimov Dang‘ara tumanida bo‘lib, sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda tumandagi yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi va mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Muhokamalardan so‘ng yoshlarga va tarbiyalanuvchilarga yetarli shart-sharoit yaratilmagan tumandagi 17-sonli umumta’lim maktabi, 1, 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi. Shuningdek, viloyat prokurori tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz va ehtiyojmand oilalarda yashovchi yoshlar hamda yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflari eshitildi.
Uchrashuvda ishga kirish, tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish, elektr ta’minoti va boshqa masalalarga doir 47 ta murojaat qabul qilinib, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 40 tasi hal etildi.
Masalan, murojaatlar asosida 23 nafar ishsiz yoshning mehnat bandligi ta’minlandi.
Viloyat prokurori tomonidan tumanning “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi bo‘sh turgan 24 gektar yer maydonini kichik sanoat zonasi sifatida ajratish orqali yangi hamda yoshlar ishtirokidagi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha taklif bildirildi. Ushbu masala hozirda viloyat hokimligining sessiyasida tasdiqlandi.
Shuningdek, dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga 10 sotixdan yer maydonlari ajratish yuzasidan 50 nafar yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, yer maydonlari o‘lchab berilmoqda.
Yoshlarga motivatsiya bergan uchrashuvlardan biri tuman madaniyat markazida tashkil etildi. Mashhur sportchilar bilan suhbat yoshlarga yangi marralarni zabt etish uchun katta kuch baxsh etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |