Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish maqsadida Farg‘ona viloyati prokuraturasi organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyat prokuraturasi organlari ko‘magida joriy yil boshidan 189 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi, 178 nafari hozirda mono markazlarda kasbga o‘qitilmoqda.
Xususan, tadbirkor G.Fozilovaga prokuratura ko‘magida Quva tumani “Turk ravot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi foydalanilmay turgan bo‘sh bino ajratib berilishi natijasida ushbu joyda tikuvchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilib, sektordagi 30 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Viloyat prokurori Ulug‘bek Qosimovning yoshlar va xotin-qizlar bilan o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvlarida kelib tushgan murojaatlar asosida sektor hududidagi 2 nafar muhtoj ayollarga nogironlik aravachasi, 2 nafariga tikuv mashinasi olib berilgan, 28 nafari davolanishga yuborilgan, 90 nafariga moddiy va boshqa amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari hamda Uchko‘prik tumanida og‘ir turmush sharoitida yashovchi 3 nafar ayollarning uy-joylari hozirda prokurorlarning tashabbusi bilan ta’mirlab berilmoqda.
Psixolik yordamga muhtoj yoshlar va xotin-qizlarga ruhiy ko‘mak berish maqsadida prokuratura tashabbusi bilan Buvayda tumanida malakali mutaxassislar jalb etilgan holda psixologik yordam ko‘rsatish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |