2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oliy Majlis Senati Raisi Mo‘ynoq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifining ikkinchi kuni Mo‘ynoq tumanida bo‘ldi.

Senat Raisi dastlab o‘tgan yili foydalanishga topshirilgan tumandagi “Oq kema” bolalar oromgohida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  

Bolajonlarni sog‘lomlashtirish bilan qamrab olish ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, ularning yozgi dam olishlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bunyod etilgan ushbu maskan barcha shart-sharoitlarga ega. Xo‘jayli tumanidagi “Mehribonlik uyi”ning tarbiyalanuvchilari, Mo‘ynoq, Shumanay, Qonlikul tumanlarining kam ta’minlangan oilalar farzandlari, I.Yusupov nomidagi iste’dodli bolalar maktabining qobiliyatli bolalari o‘tgan yilning iyun oyida o‘z faoliyatini boshlagan oromgohning birinchi dam oluvchilari bo‘ldi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tumanda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan Orol dengizining suvi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish, global iqlim o‘zgarishlari, dengiz qurishining salbiy ta’sirini yanada yumshatish maqsadida bugungi kunga qadar 1 million 167 ming gektar maydonda saksovul va cho‘lga chidamli boshqa o‘simliklar ekildi. Bu ishlar hozirda qizg‘in davom etmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy yilda 450 ming gektar maydonga mana shunday ekinlar ekish rejalashtirilgan.

Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov shu maqsadda tashkil etilgan o‘rmonchilar shtabida bo‘lib, xayrli ishga munosib ulushuni qo‘shayotgan ishchi va mexanizatorlarga yaratilgan sharoit bilan  tanishdi.  Tashrif doirasida “Orolga madad” aksiyasi o‘tkazilib,  yurtimizning barcha hududidan jalb etilgan ishchi va mexanizatorlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati kengashi tomonidan saksovul urug‘i, ko‘chat, oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu yerda mehnat qilayotgan ishchi mexanizorlarga san’at ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Nukus shahrida “Yoshlar modasi, an’analar va zamonaviy yo‘nalishlar” mavzusidagi davra suhbati va seminar bilan boshlangan “Nafosat-2021» festivali Mo‘ynoq tumanidagi Madaniyat saroyida davom etdi. Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva ishtirok etib, yig‘ilganlarni nafosat va go‘zallik bayrami bilan qutladi.  

Festival doirasida Mo‘ynoq tumani yosh dizaynerlari va rassomlari o‘rtasida milliy hamda zamonaviy eskizlar chizish bo‘yicha tanlov o‘tkazilib, uning g‘oliblari taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi , Xorazm, Buxoro viloyatlari  yetakchi brendlari va dizaynerlari tomonidan modalar namoyishi bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent shahri va Andijon viloyatidan ko‘plab ijodkorlar o‘zlarining sara asarlari bilan tashrif buyurdi. Ayniqsa, bu yerda namoyish etilgan “Qadimiy Turon Afsonasi”, “Sao‘kele”, “Tumor”, “Nil granit”, “Buxoro ertaklari”, “Maftunkor Sharq ayoli”, “Javhariy» kabi asarlar ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Tadbir doirasida o‘zlarining ijodiy ishlari bilan faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh dizaynerlarga sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, T.Narbayeva “Mo‘ynoq porloq teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda bu yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan ham tanishdi. 2019 yilning avgust oyida ishga tushirilgan korxonada bugungi kunda 150 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Joriy yilda 12 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, shundan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk ham Vladivostok shaharlariga 1 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerning o‘zida “Ayollar daftari”ga kiritilgan kam ta’minlangan va ko‘p bolali 10 ta oila vakili bilan suhbatlashdi va ularga sovg‘alar topshirdi.

Davlatimiz rahbarining “Madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi” degan g‘oyasi bugungi kunda hayotda o‘z aksini topmoqda. Qisqa vaqt mobaynida bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish va bunyorkorlik ishlari buning yaqqol isbotidir.

26.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar