2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

Joriy yilning 27-yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ikkita muhim yo‘nalish: yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ilgari surilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi, 4 ta sektor, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi,  vazirlik va tashkilotlar raӽbarlari tomonidan «Temir daftar» va «Yoshlar daftar»ga ro‘yxatga olingan yoshlar bilan joylarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi uchrashuv Bo‘zatov tumanida o‘tkazildi.

Unda dastlab, ro‘yxatga olingan yoshlar orasida tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar, tumandagi yangi ish o‘rinlari, Yoshlar «1+1» dasturining ahamiyati, biznes g‘oyani amalga oshirish va ajratilayotgan subsidiyalarning yangi mexanizmi bo‘yicha interfaol usulda seminar trening tashkil etildi. Shuningdek, kiber jinoyatning oldini olishga oid videorolik namoyish etildi.

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ular tomonidan fikr va takliflar bildirilmoqda. Jumladan, yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish masalalari ko‘tarildi. Tadbir davomida bandlik masalasi bo‘yicha murojaat qilgan 16 nafar yosh ishga joylashtirildi.

– Bunday tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar muammolarining joylarda hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Qushxonatog‘” ovul fuqarolar yig‘inidan Kunsuluv Qutlimuratova. –Mening murojaatim ijobiy hal etilib, tumandagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi matbuot xizmatining  ma’lum qilishicha, navbatdagi uchrashuv reja asosida 3 fevral kuni Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tadi.

01.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar