Prezidentimiz barcha darajadagi rahbarlarga faoliyati davomida eng quyi tizim – mahalladagi aniq holatni o‘rganishni muhim vazifa sifatida belgilab berayotgani bejiz emas.
Bu yurtimizdagi har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallaning «o‘sish nuqta»larini aniqlash imkonini beradi. Shu asosda har bir mahallaning o‘ziga xos hayot tarzidan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish dasturlari va kambag‘allikni qisqartirish rejalari ishlab chiqiladi.
Ayni kunlarda vazirlik va tarmoqlar, banklar vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi mavjud 1 ming 41 mahallaning muammolari atroflicha o‘rganilmoqda. Ularda yashovchi aholining imkoniyatlari, odamlarning daromadini oshirish, qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib borish kerakligiga alohida e’tibor qaratilyapti. "Mahallabay" ishlash tizimida viloyatda yangi tajriba yaratilmoqda.
Rishton tumanida ham o‘rganishlar davom etayotgan bo‘lib, kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromad topishiga ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda.
Ishchi guruhi vakillari "Vohim" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nilufar Usmonova xonadonida bo‘lishdi. Ayni damda o‘z uyida tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan Nilufar kelajakda tikuvchilik sexini ochishni maqsad qilgan. Ishchi guruhi vakillari unga kredit olishda va tadbirkorlik sirlarini o‘rganish uchun maxsus o‘quv kurslarida tahsil olishga yordam berishlarini bildirdi. Bu taklif yosh tadbirkorga ma’qul bo‘ldi.
Qalaynov mahallasi yashovchi Sayyodjon Mamarajabov "Yoshlar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan. Dadasi ikkinchi guruh nogironi. U Rishton kulolchilik hunarini o‘rgangan. Kasanachilik asosida sopol buyumlar tayyorlaydi. Ammo mablag‘ yo‘qligi bois, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ya olmayotgani ma’lum bo‘ldi. Savdo sanoat palatasi tomonidan bu yosh tadbirkorga imtiyozli kredit beriladigan bo‘ldi.
"Mahallabay" tizimidagi tadbirlar "Zohidon" mahalla fuqarolar yig‘inida davom etdi. Mahalla ahli asosan tomorqachilik bilan shug‘ullanadi.
“Temir daftar”ga kiritilgan Ulug‘bek Sharipov o‘tgan yili bahorda bankdan imtiyozli kredit olib, tomorqasida issiqxona tashkil etgandi. Hozirga kelib u issiqxonadan anchagina daromad olishga erishdi. Albatta bu imkoniyatdan oila a’zolari ham unumli foydalanishmoqda.
Ayni kunlarda tumanda ishchi guruhi tomonidan hududdagi 69 ta mahallalarda yoshlarni qiynayotgan muammolarga yechim topish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, turli muammolarni hal qilish rejalashtirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |