O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida so‘nggi ikki oy ichida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida xalq bilan muloqot qilishning yangicha tizimi – “mahallabay” va “fuqarobay” asosda ish tashkil etish, shu orqali odamlarning dardu tashvishlariga quloq tutish hamda ularni hal etish lozimligi vazifasi qo‘yilgandi.
Joylarda aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularning turmush tarzi bilan tanishish bugungi kunda Respublika vazirlik va idoralar rahbarlarining kundalik faoliyat mezoniga aylanmoqda.
Xususan, Respublika madaniyat vaziri, O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Namangan viloyatining Chortoq tumanida bo‘lib, “mahallabay” yurish orqali aholi xonadonlarida o‘rganishlar olib bordi. Fuqarolar bilan suhbatlarda aholi, ayniqsa, yoshlarning san’at va madaniyatga qiziqishlarini oshirish maqsadida joylarda shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha bildirilgan taklif-mulohazalar alohida nazoratga olindi.
Tuman hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev rahbarligidagi birinchi sektor hududida joylashgan Damariq mahallasida san’atsevarlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z so‘zida Prezidentimiz tomonidan yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan davlat siyosati darajasidagi doimiy e’tibor zamirida eng avvalo, ertamiz egalarining porloq istiqboli ko‘zlangani ta’kidlandi. Bundan buyon tuman va qishloqlarda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, yigit-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sharoitlarni yaxshilash, davlatimiz rahbari ilgari surgan Besh muhim tashabbus yo‘nalishlari ijrosi doimiy e’tibor markazida bo‘lishini qayd etdi.
Pandemiya tufayli odamlarimiz diydor onlarini sog‘inganligi tadbirda yaqqol o‘z aksini topdi. Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning dilbar kuy-qo‘shiqlari chortoqliklarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |