Davlatimiz rahbari joriy yil 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida 3 bo‘g‘inda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish yuzasidan muhim topshiriqlar bergan edi.
Shu jihatdan Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Fayzulla Mamanov boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatida “mahallabay” ishlash tizimini o‘rgandi.
Viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi, viloyat tijorat banklari, moliya boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi rahbarlari hamda tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlaridan iborat guruh “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Farg‘onada mahallabay ishlashning vertikal tizimi ishlab chiqildi. Viloyatda 1 ming 41 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, ularga tijorat banklarining 714 ta malakali mutaxassisi doimiy vakil sifatida biriktirildi. Bu vakillar mahallada ishsiz aholini, yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil qiladi. Shuningdek, tadbirkorlarga kredit olish va loyihalarini amalga oshirishga yordam berib, mahalla raislari va faollari bilan doimiy ish olib boradi. Shahar va tumanlarni mahallabay tizimda rivojlantirish maqsadida viloyatdagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning malakali xodimlaridan iborat boshqaruv ofislari tashkil etildi.
“Mahallabay” ishlash tizimini joyida o‘rganish bo‘yicha Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Oltiariq, Rishton, Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida mahallalarning “o‘sish nuqta”lari, ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar Farg‘ona viloyati misolida tanishtirib o‘tildi.
Xususan, mahallalarda tadbirkorlik faoliyati holati – ixtisoslashuv yo‘nalishini tahlil qilish, oilalarning daromad manbalarini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilish va ehtiyojlarini o‘rganish, har bir mahallada bo‘sh turgan binolar, yer maydonlari kabi mavjud imkoniyatlarni o‘rganish, mahallaning tadbirkorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihatlar Surxondaryo viloyatidan kelgan vakillarga joyida ko‘rsatib berildi.
Shu bilan birga, ushbu delegatsiya Namangan viloyatida zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlarini joyida o‘rgandi. Xususan, mehmonlar "Dashtbog‘" kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi. 3 gektar hududni egallagan mazkur hududda 22 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar foydalanishga topshirilishi hisobiga 3 ming 900 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, "Istiqlol tekstil dizayn" MCHJ va "Ideal tekstil orzu" MCHJ korxonalari tomonidan tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur jamiyatning 6 ta hududda filiallari mavjud bo‘lib, ularda 2 mingga yaqin doimiy aholi ish bilan band. Eng asosiysi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 80 foizi xorijga eksport qilinmoqda.
"Botir Muhammadali" MCHJ ayollar va erkaklar uchun oyoq kiyim ishlab chiqaradi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 75 foizi eksportga mo‘ljallangan bo‘lib, doimiy 70 nafar ish o‘rni yaratilgan.
"Santex dizayn" MCHJ korxonasida plastik quvurlar va ularning qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxonani barpo etish uchun 22,8 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Korxonaning yillik quvvati 31 milliard so‘mni tashkil etib, yiliga 500 ming dollarlik tayyor mahsulotlar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.
Delegatsiya a’zolari tomonidan o‘rganilgan Farg‘onaning “mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha tajribasi Surxondaryo viloyatida amaliyotga tatbiq etiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |