2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonasi – natijalar qog‘ozda emas, amalda...

Prezident Xalq qabulxonalarining Toshkent shahri tumanlaridagi o‘rganishlari davomida aniqlangan muammolar sektorlar tizimida tahlil qilinib, «Tuman – shahar – respublika» tamoyili asosida bosqichma-bosqich hal qilinmoqda. Fikrlarimizni Yashnobod tumanidagi amaliy misollar bilan davom ettiramiz.

Ishchi guruhining 2020 yili «Parvoz» mahallasi "Aviasozlar" 1-tor ko‘chasidagi o‘rganishlari davomida qarovsiz, bo‘sh yotgan bino aniqlangan edi. Sobiq aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli bu binoda 32 yil avval qurilish boshlangan-u, so‘ng chala holiga qolib ketgan ekan. Bu masala respublika darajasiga olib chiqilgach, mahalliy byudjetdan 17 mlrd. so‘m ajratilib, zamonaviy yopiq suv havzasi va sport seksiyalari,xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etishga kirishildi. Ayni paytda qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Inshoot joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi bilan 60 ta ish o‘rni yaratiladi.

Tumandagi 240-maktabgacha ta’lim tashkiloti ham 1965 yildan beri biron marta tuzuk-quruq ta’mirlanmagan edi. Xalq qabulxonasining o‘rganishlaridan so‘ng bu muammoning ham yechimi topildi. Ayni paytda bog‘cha binosining tomi,fasadi, shiyponlari, yo‘laklari, eshik-derazalar ta’mirlandi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangilandi. Muassasa joriy yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ana shunday o‘rganishlar asnosida «Ma’rifat» mahallasi Boku ko‘chasining 1,5 kilometrlik qismi to‘liq asfaltlandi. Tuzel1-mavzesidagi o‘rganishlar davomida esa 557-maktabgacha ta’lim tashkiloti yonidagi yo‘l ayanchli ahvolda ekani aniqlangan edi. O‘rganishlardan so‘ng qisqa vaqtda bu ko‘chaga ham asfalt qoplamasi yotqizildi.

«Yangi davr» mahallasidagi Farg‘ona yo‘li 3-tor ko‘chasi – bu yerda ham o‘tgan yilgi o‘rganishlar davomida 100 dan ortiq xonadon kanalizatsiya yo‘qligidan qiynalib yashayotgani ma’lum bo‘lgandi. Ayni paytda qurilish guruhlari texnikalar bilan 800 metrga kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazmoqda.

Navbatdagi manzil «Shirinobod» mahallasi. Aholi «Do‘stlik» metro bekatining chiqish yo‘lidan mahallaga o‘tish yo‘li ta’mirtalabligi, yorug‘lik tizimi ishlamasligi, piyodalar o‘tishi uchun sharoit yo‘qligi yuzasidan murojaat qilgan. Shundan keyin bu masala respublika darajasidagi mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yilib, ko‘prik ta’mirlab berildi.

2020 yilda Yashnobod tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaatdan so‘ng 42 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi. Masalan, xuddi shunday murojaat asosida Mahliyoxon Obidjonova 31-oilaviy poliklinikada hamshira, Yulduz Hayitova esa sanitar xodim sifatida ish boshladi yoki Chirchiq pedagogika institutida sirtdan o‘qiyotgan Zarnigor A’zamova ancha vaqt ishsiz yurgach, tuman Xalq qabulxonasida uning muammosiga yechim topildi – Zarnigor A’zamova 373-maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga qabul qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning 20 foizi sog‘liqni saqlash tizimiga oid. Ayni shu murojaatlar tahlilidan so‘ng o‘tgan yilda Toshkent shahridagi 52 ta mahallada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilindi. Ularda qariyb 5 ming nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 3,4 mingdan ziyodida turli xastaliklar aniqlandi.  

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 119 nafar insonga esa bepul davolanish uchun orderlar berildi. Dori-darmonga muhtoj qariyb 1,2 ming nafar ehtiyojmand fuqarolarga 12 turdagi zaruriy dori-darmon vositalari yetkazib berildi.

18.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar