Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joylardagi ishsiz, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan yoshlarga yer maydonlari ajratilib, ularning dehqonchilik, tadbirkorlik qilishi uchun imkoniyat yaratilmoqda.
Samarqand viloyati tumanlarida ham “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarga fermer xo‘jaliklari hisobida bo‘lgan yerlardan 10 sotixdan 20-30 sotixgacha yer ajratib berilmoqda.
– Ayni kungacha 110 nafar yoshlarga 30 sotixdan yer maydonlari ajratib berildi, – deydi Jomboy tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i G‘ulomjon Xo‘jayev.
– Jumladan, To‘qqizboy, Tut, Eski Jomboy mahallalarida yoshlar o‘z yeriga ega bo‘lib, dehqonchilik yumushlarini boshladi.
Tumanning To‘qqizboy mahallasida yashovchi 8 nafar yoshlarga “Jomboy agro lyuks” fermer xo‘jaligining qariyb 2,5 gektar yer maydonini ajratib berish jarayonida tuman hokimi Q.Sobirov ham ishtirok etib, yoshlar bilan suhbatlashdi, ularning orzu-niyatlarini eshitdi. Hokim yoshlarga yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalanishni uqtirish bilan birga, ularga yordam kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ham bildirdi. Qayd etilishicha, yer maydonlari ekin ekishga tayyorlab beriladi. Yetishtirilgan mahsulotni sotishda ham yoshlarga yordam ko‘rsatiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |