Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev shu kunning o‘zida tumandagi yana bir qator mahallalarda ham bo‘lib, aholi murojaatlari asosida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qator chora-tadbirlar belgiladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev rahbarligidagi respublika Ishchi guruhi a’zolari aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va tizimli hal qilish, olis hududlarda yashayotgan odamlarning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida Payariq tumani va Samarqand shahridagi qator mahallalardagi turli aholi vakillari bilan uchrashdi.
Payariq tumani «Sho‘rtepa» mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan aholi murojaatlari asosida kam ta’minlangan oila vakillariga 35 tonna ko‘mir tarqatildi, 35 ta xonadonga yangi maishiy gaz balloni yetkazilib, 105 ta xonadonning suyultirilgan gaz ballonlari almashtirildi. Shuningdek, mahalla hududidagi 20 ta eski simyog‘och o‘rniga yangi beton ustunlari o‘rnatilib, 6,5 kilometr masofadagi ichki yo‘llarga shag‘al qoplamasi yotqizildi hamda 6,4 kilometr masofadagi ariq va zovurlar tozalandi va yig‘ilgan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib chiqildi.
Nogironligi bo‘lgan 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» ro‘yxatida turgan 18 nafar fuqarolarga esa maishiy texnika vositalari topshirildi. Malakali shifokorlar ishtirokida mahallada yashovchi 570 nafardan ziyod yoshi ulug‘ insonlar, ehtiyojmand oilalar vakillari bepul chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlangan bemorlarga statsionar va ambulator sharoitda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, hududdagi sobiq mashina traktor parki binosi o‘rnida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi bunyod etish, 43- va 13-umumta’lim maktablarining ta’mirtalab chegara hududi devorlarini qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, ayni kunda mahalla hududidagi «Vali» qishloq vrachlik punktida ham joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev shu kunning o‘zida tumandagi yana bir qator mahallalarda ham bo‘lib, aholi murojaatlari asosida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qator chora-tadbirlar belgiladi.
Jumladan, «Farovon», «Guliston», «Beshqo‘rg‘on», «Oqtosh», «Qirqovul», «Gulzor», «Madaniyat», «Bahor», «Ko‘lto‘sin», «G‘allakor», «Maniobod», «To‘polos», «Ilg‘or», «Xo‘jaobod», «Toshhovuz», «Navro‘z», «Kattasaydov», «O‘ymovut» va «O‘zbekiston» mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi. Mahalladagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan aholi xonadonlari holidan xabar olindi.
Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev Samarqand shahridagi «Mehnat», «Sayqal», «Matonat», «Maysazor», «Ipak yo‘li», «Bog‘u Temur», «Birlik», «Navbahor», «Nurobod» va «Mustaqillik» mahallalarida aholi bilan bo‘lgan yuzma-yuz muloqot davomida ularni qiynayotgan muammolar bilan atroflicha tanishdi.
O‘rganishlar natijasida «Maysazor» va «Matonat» mahallalarida ichki yo‘llarga shag‘al yotqizish, «Mehnat» mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash va «Sayqal» mahallasida ehtiyojmand aholi xonadonlarini tartibga keltirish, «Bog‘u Temur», «Birlik», «Navbahor» va «Nurobod» mahallalarida kommunal soha bo‘yicha bir qancha muammolar aniqlandi va mazkur masalalarni tez orada bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tashrif davomida mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ozoda saqlash, xonadonlarni namunali holatga keltirish, fuqarolarning turmush madaniyatini yuksaltirish, bu borada mahallalarda yashovchi xotin-qizlarning mas’uliyati va daxldorligini oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |