Navoiy viloyati sudlari tomonidan o‘zlari yashab turgan, shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarda sektor rahbarlari, tuman, shahar adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari agentligi, advokatura va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilayapti.
Jumladan, Navoiy viloyat sudi, shahar, tuman, tumanlararo sudlari va ma’muriy sudlar raislari ishtirokida Navoiy va Zarafshon shaharlari, Xatirchi, Tomdi, Konimex, Navbahor, Karmana va Nurota tumanlarida yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 42 nafar huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy tomondan ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning qabuli tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganildi. Murojaatlarning 11 tasini sud-huquq sohasiga, 31 tasini ijtimoiy masalalarga oid muammolar tashkil etdi.
– Tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ish boshlagan A.Abdullayeva bankka imtiyozli kredit olish maqsadida tegishli hujjatlarni topshirgan bo‘lsada, uning bu talabi dastlab AT “Xalq banki”, so‘ngra AT “Mikrokreditbank”ning Karmana tuman filiallari tomonidan asossiz ravishda rad etilib kelinayotganini ma’lum qildi, – deydi viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Aziza Ro‘ziyeva. – Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi A.Murodov tomonidan ushbu murojaat o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Markaziy bankning Navoiy viloyat Bosh boshqarmasiga A.Abdullayevaning murojaati qonuniy qo‘rib chiqilishi va unga imtiyozli kredit olish masalasida amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha xat yuborilib, murojaat nazoratga olindi.
Qabul natijalaridan murojaatlarning aksariyati aliment to‘lovi, turar joy masalasi, kredit ajratilishi, moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, subsidiya olish kabi masalalar ekani ma’lum bo‘lmoqda.
Sudlar tomonidan hududlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qabullar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |