Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumaniga tashrifi davomida Shirin mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ehtiyojmandlarga uy topshirish marosimida ishtirok etdi.
Sirdaryo tumani hokimligi balansida bo‘lgan “Shirin” mahallasi hududidagi kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj, og‘ir vaziyatga tushib qolgan shaxslarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida Guliston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 279-uyning 20 ta xonadoni fuqarolarga egalik huquqi berilgan holda rasmiylashtirildi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Sirdaryo viloyati bo‘yicha uy-joyga ehtiyoji bor xotin-qizlar soni ayni paytda 10 ming 932 nafarni tashkil etmoqda.
Viloyatda 30 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar soni 149 ming 796 nafarni tashkil etib, ularning 107 ming 735 nafari 30 dan 55 yoshgacha, 42 ming 61 nafari 55 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollardir.
O‘rganishlar natijasida 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlarning 142 ming 604 nafari o‘z uyida, 4 ming 116 nafari ijarada, 2 ming 356 nafari yaqin qarindoshlarinikida, 277 nafari noturar joylarda va 443 nafari yotoqxonada yashab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Bandlik holatiga ko‘ra, ulardan 50 ming 613 nafari uy bekasi, 31 ming 974 nafari doimiy ish joyiga ega, 17 ming 274 nafari norasmiy ishda, 34 ming 121 nafari pensiyada va 15 ming 814 nafari ishsiz bo‘lgan ayollardan iborat.
Ana shunday ayollardan 20 nafariga xonadonga egalik huquqi beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilib, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |