Joriy yilning 18-20 mart kunlari Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari R.Maxmudova rahbarligida Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ommaviy sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullar davomida viloyatning barcha tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni qamrab olishga harakat qilindi. Shuning uchun Uchquduq, Tomdi va Zarafshon shaharlari uchun Zarafshon shahrida, Qiziltepa va Konimex tumanlari uchun Qiziltepa tuman markazida, G‘ozg‘on shahri, Navbahor, Nurota va Xatirchi tumanlari uchun Navbahor tumanida, Navoiy shahri va Karmana tumani uchun Karmana tumani markazida sayyor qabul tashkil etildi. O‘tkazilgan sayyor qabulda birgina Oliy sud mas’ullari tomonidan jami 494 nafar fuqaro murojaati qabul qilindi.
Qabul qilingan fuqarolarning 392 ta og‘zaki va 102 ta yozma murojaatining 263 tasi jinoyat, 158 tasi fuqarolik, 47 tasi ma’muriy, 26 tasi iqtisodiy ishlar buyicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.
– Jami 494 ta murojaatdan 283 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 109 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi, – deydi viloyat sudi raisi Xamidulla Qudratov. – Shuningdek, 102 ta fuqaroning yozma murojaati qabul qilindi, shundan 65 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib,tegishli sudlov xay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.
Ijobiy hal etilgan murojaatlar tahlil etilganda, 45 nafar shaxs jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi, 16 nafar fuqaro shaxs jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi. 46 nafar mahkum umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroga oid jinoyat ishi ularning yarashganligi bo‘yicha tugatildi. Shuningdek, 1 nafar chet el fuqarosi tomonidan soliq imtiyozlarini tadbiq etmasligi yuzasidan berilgan taklifi qabul qilindi.
– O‘ttiz yoshga kirganman, – deydi o‘g‘rilik jinoyati uchun besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Qarshi shahrilik Xurshid Salimov (ismi sharifi o‘zgartirildi ). – Otam tashlab ketgan, onam vafot etgan. Jazoning yarmini o‘tab, qilmishimdan chin dildan pushaymon bo‘ldim. Bugun ozodlikka chiqsam, Andijonga tog‘amning yoniga borib ishlash, oila qurish niyatim borligini bildirdim. Sud meni ozod etish bilan birga ishga joylashishimda ham yordam ko‘rsatishini aytdi. Bu men uchun juda katta imkoniyat.
Shuningdek, tashrif davomida Oliy sud raisi birinchi o‘rinbosari R.Maxmudova Navoiy viloyat sudi, viloyat ma’muriy sudi raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalar bilan Navoiy shahridagi Mehribonlik uyiga borib, tarbiyalanuvchi yoshlarni, ularning qalblariga mehr berib, o‘z farzandlaridek tarbiyalab kelayotgan tarbiyachilarni yaqilashib kelayotgan Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etdi.
Tashrif davomida tarbiyalanuvchi yoshlar tomonidan bayram tuhfasi uchun tayyorlangan tadbir sahnalari tomosha qilinib, ularga turli kitoblar, o‘qish jarayonida zarur bo‘lgan o‘quv qurollari, qimmatbaho savg‘alar taqdim etildi va eng ezgu tilaklar bildirildi.
Samarali o‘tgan qabullar murojaatlar ijobiy hal etilishi bilan birga alohida nazoratga olinganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |