Prezident tashrifidan so‘ng
Prezidentimiz joriy yil 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida Chirchiq shahridagi Iftixor mahallasida ham bo‘lib, hududning ijtimoiy-madaniy muhitini yaxshilash bo‘yicha bir qator topshiriqlar bergan edi.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Tohir Aripov boshchiligida tezkor shtab tashkil etildi. Ayni paytda mahalladagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, namunali hududga aylantirish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlar boshlangan. Mas’ullar dastlab mahalla hududini piyoda aylandi. Har bir ko‘cha, ko‘p qavatli uy, bog‘cha, maktab, dala hovli va suv havzasi atroflari ko‘zdan kechirdi. Ushbu joylarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari nazoratga olindi.
Jumladan, o‘tgan bir hafta davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududdagi ming metr masofadagi ichki ariqlar tozalanib, ko‘chalar tekislandi va 63 ta eski tipdagi avtoturargohlarning o‘rniga yangisini qurish rejasi tasdiqlandi. Mahalladagi mavjud 400 taga yaqin daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Ko‘p qavatli uylardagi kamchiliklar bartaraf etildi, ko‘chalarga tungi chiroqlar o‘rnatildi. Mahalla aholisining murojaatlari tinglandi. O‘ndan ortiq murojaat joyida ijobiy hal etildi. “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bilan alohida suhbat o‘tkazilib, muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Mahalladagi ijtimoiy-madaniy muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |