Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi va Prezidentmiz rahbarligida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida o‘tkazilgan videoselektorda yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat dasturi va Yurtboshimizning videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov, respublika O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Sherzod Usmonov, “O‘zagro eksport bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi Navro‘zjon Alimov, mutasaddi tashkilot, muassasa va idoralarning rahbarlari, faol yoshlar, ommaviy axborot vostalarining vakillari ishtirok etdi.
Sirdaryo viloyatida ham “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yigit-qizlarning oldida turgan muammo va kamchiliklar, ularga yechim topish, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarni hal etishga e’tibor qaratildi.
Tadbirda ko‘plab yoshlar uchrashuvga kelgan rahbarlarga ochiq-oydin o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qildi. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ish bilan ta’minlash, qishloqlarda yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal qilish bo‘yicha qilgan murojaat, taklif va talablari shu yerning o‘zida mutasaddi rahbarlar ishtirokida o‘rganilib, masalalarga ijobiy yechim topildi.
Ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida har bir tuman va shaharda tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslariga yo‘naltirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab olindi.
– bugungi uchrashuvga kelib xato qilmaganimni to‘la anglab yetdim, – deydi Shirin shahrida yashovchi Shohrux Anorqulov. – Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishim uchun kredit ololmay qiynalayotgandim. Bu masalada menga rahbarlar, xususan, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov yordam qo‘lini cho‘zdi. Hokim o‘rinbosarining topshirig‘i bilan “Xalq banki” viloyat filiali menga zarur imtiyozli kredit mablag‘i ajratadigan bo‘ldi. Kredit mablag‘i hal bo‘lishi bilan tadbirkorlik faoliyatimni boshlayman.
Tadbirda yoshlar murojaatlarining asosiy qismi shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi.
Ijrosini ta’minlash uchun vaqt va mablag‘ talab qilinadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |