2018 -yil 8-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, mahalla raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda poytaxt hududlari, shu jumladan Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid dolzarb masalalar barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari diqqat markazida turgan vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu nuqtai nazardan qo‘shma majlisda mas’ul vazirlik va idoralar hamda Toshkent shahar, Olmazor tumani hokimliklari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 29 iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar, shuningdek joriy yil 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi axborotlari eshitildi. Tumanda sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, keyingi 3 yilda tumanga jami 400 mln. dollarlik investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan. Bu borada tuman hokimiyatida tadbirkorlar bilan muzokaralar o‘tkazilib, joriy yilda jami 97 mln. dollar investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha tashabbuskorlar bilan investitsion loyihalar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Tumanning barcha 58 ta mahallasida mulkchilik shaklidan qat’i nazar bo‘sh turgan ob'yektlar, faoliyati to‘xtagan korxonalar, to‘liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlari xatlovdan o‘tkazildi. 447 ta ana shunday ob'yekt aniqlanib, ulardan samarali foydalanish choralari ko‘rildi.
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sanoat sohasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Olmazor kichik sanoat zonasi faoliyatini yanada yaxshilash, tadbirkorlarga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ta’mirlash, hududni tartibga keltirish va mavjud bo‘sh turgan bino va ishlab chiqarish maydonlarini tadbirkorlarga biriktirish choralari ko‘rilmoqda.
Xalq farovonligini oshirishning bosh omili sifatida tuman aholisining bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yilda 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda. Yangi ish o‘rinlari asosan sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ko‘p qavatli turar joylar va yo‘l-muhandislik infratuzilmasini qurish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liqdir.
Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham amalga oshirilmoqda. Xususan, “Ibrohim ota” mahallasida “Obod mahalla” dasturiga muvofiq 24 ta ko‘p qavatli turar joyning fasadlari, tom qismi, kirish yo‘laklari, muhandislik tarmoqlari va yerto‘lalari to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, mahalla hududida 11 ming kv.m dan ortiq ichki yo‘llar ta’mirlandi.
Shuningdek, majlisda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar tartibli o‘tkazilishini deputatlar va keng jamoatchilik tomonidan nazorat qilish masalasi muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, mahallalarda namuna tariqasida ixcham to‘ylarni o‘tkazish uchun mahalliy byudjet va mahalla jamg‘armasi hisobidan 1,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, bugungi kunga qadar 15 ta mahallada ixcham to‘ylar tashkil etilib, ommaviy axborot vositalarida yoritildi.
Majlisda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qo‘shma qarori qabul qilinib, unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini parlament, deputatlar va jamoatchilik tomonidan nazorat qilish choralari nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |