2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir murojaat nazoratda

Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning Qonunda belgilangan tartibda o‘z vaqtida har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqilishi fuqarolarning tizimga bo‘lgan ishonchini yanada oshishiga xizmat qilmoqda.

O‘tgan 2020 yilda boshqarmaga jami 400 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shundan 200 ga yaqin murojaat qanoatlantirilgan. 180 dan ortiq murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

Fuqaro F.J.uy-joyini kadastr qilolmayotganligi bo‘yicha boshqarmaga murojaat qilgan. Murojaat qisqa vaqt davomida mutaxassislar tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgan. Natijada murojaat ijobiy hal qilingan.

– Davlat xizmatlari agentligining asosiy maqsadi ham aholiga turli to‘siqlarsiz va ortiqcha hujjatlarsiz davlat xizmatlari ko‘rsatishdan iborat, – deydi Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tashkiliy-tahlil bo‘limi bosh maslahatchisi Dilshod Naimov. – Alohida ta’kidlab o‘tish joiz, tashkil etilganidan toki bugungi kungacha jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatish orqali “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilini yangi bosqichga olib chiqdik. Natijada xalqimiz ko‘nglidan joy olgan tashkilotlardan biri bo‘lishga ulgurdik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”.

19.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar