Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida ishga tushayotgan muhtasham binolar, namunaviy turar joylar, aholiga zamonaviy qulayliklardan to‘liq bahramand bo‘lishi uchun imkoniyat yaratayapti.Ayniqsa, qisqa muddatda obod bo‘layotgan qishloqlarimizning kundan-kunga chiroy ochib, ko‘rkam manzilga aylanib borayotgani ko‘zni quvontiradi.
Navoiy viloyatida ham “Obod qishloq” Dasturining birinchi bosqichida 5 ta qishloqlarda misli ko‘rilmagan qurilish ishlari amalga oshirildi. Bugun bu qishloqlarda bayram, u erdagi ko‘rkam zamonaviy yangi binolarning bunyod etilib, foydalanishga topshirilayotgani chinakam shodiyonaga aylanib ketgan. Jumladan, Qiziltepa tumanidagi “Malikobod” qishlog‘i ham “Obod qishloq” Dasturga ko‘ra obod manzillardan biriga aylandi. Bu maskanda qisqa muddatda amalga oshirilgan qurilish ishlari hozirda xalqimizning bunyodkorlik timsoliga aylanib ulgurdi.
Bugun yangi umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim muassasasi, mahalla guzari binosi, sun’iy qoplamali mini stadion, savdo majmualari binolari qurib bitkazilib,qishloq ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Shuningdek, dastur doirasida qishloqda 5 km. umumfoydalanishdagi avtomobilь yo‘llari ta’mirlandi, zamonaviy yangi avtobus bekatlari qurildi, 10 km 600 metr gaz quvuri, 7 km elektr tarmog‘i mukammal ta’mirlandi. E’tiroflisi, 3 ming 124 nafar qishloq aholisining eng oliy orzusi amalga oshib, mahallaga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Xulosa o‘rnida aytganda, qisqa muddatda amalga oshirilgan ezgu amallar natijasida chekka bir qishloq eng so‘lim, ko‘rkam, obod manzilga aylandi. Albatta, bunday bunyodkorlik namunalari qishloq ahliga bayramona kayfiyat ulashib, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda.Zero istiqlolning bu kabi tengsiz bunyodkorlik qudrati inson manfaatlariga, yurtdoshlarimizning farovon turmushiga, porloq kelajagiga xizmat qilishi aniq.
Shuhrat Normurodov,
“Turkiston-press”
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |