Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov rahbarligida respublika ishchi guruhi tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.
Qabul mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasi, sud ishi yurituvining sifati, aholining sud idoralari bilan bog‘liq muammolari hal etilishiga ko‘maklashish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qolaversa, fuqarolarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularning huquqiy bilim va savodxonligini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Oliy sud raisi rahbarligida jinoyat, fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari sudyalari, prokuratura, ichki ishlar mutasaddilari ishtirokida Andijon tumanidan tashkil etilgan ommaviy qabul davomida Andijon shahri va tumanida yashovchi fuqarolar turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.
– O‘g‘lim sud qarori bilan belgilangan jazoni o‘tamoqda, – deydi Andijon tumani Chem mahallasida yashovchi Mamlakatxon Valiyeva. – Qabulda farzandim qilgan aybidan pushaymonligi, o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatayotganligi inobatga olinib, uning jazo muddati qisqartirilishiga ko‘mak so‘rab murojaat qildim. Murojaatim bo‘yicha menga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida qilingan murojaatlarning ko‘p qismini fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, sud qarorlaridan norozi bo‘lish, belgilangan jazolarni yengillashtirish, qarzdorlikni undirish, uy-joy, meros masalalari tashkil etdi.
– Qo‘limda menga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha 2019 yilda chiqarilgan sud qarori bor, – deydi Andijon shahri Qalandarxona mahallasida yashovchi Bektosh Jo‘rayev. – Ammo majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan sud qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmayapti. Ikki yildirki sarson bo‘lib yuribman. Qabulda ushbu masalada yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildim. Mutasaddilar sud qarori ijrosini ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatishga va’da berdi.
– Bozorimiz hududida qurilish ishlarini amalga oshirgan qurilish tashkiloti tomonidan bozorga tegishli yer maydonlari o‘zlashtirib olingan, – deydi Andijon shahridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori ish yurituvchisi Odinaxon Boltaboyeva. – Mutasaddi tashkilotlar va sud idorasiga ko‘p bora murojaat etdik. Biroq masala hal bo‘lmayapti. Shu bois, Oliy suddan ushbu masalani hal etilishiga yordam so‘rab murojaat qildik. Murojaatimiz ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Andijon viloyatida olti kun davom etadigan ommaviy qabullar Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Ulug‘nor, Izboskan va Baliqchi tumanlarida ham o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur qabullarga viloyatning barcha tuman va shaharlari aholisi qamrab olinadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |