2021-yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamalash yili
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamalash yili”da ertamiz egalarining orzu-intilishlarini rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, yosh o‘g‘il-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Sobirjon Hasanov ishtirokida o‘tkazilgan yoshlar sayyor qabulida ham ayni shu muhim masalalarga e’tibor qaratildi.
“Hokim va yoshlar” ochiq muloqotida To‘raqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Namangan, Mingbuloq, Davlatobod tumanlari va Namangan shahridan kelgan yoshlarning uy-joy, kredit, subsidiya asosida tikuv mashinasini olish, bandlik, kontrakt to‘lovi, haydovchilikka o‘qishga ko‘maklashish kabi yuzga yaqin murojaati ko‘rib chiqildi.
Ko‘plab murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolganlari tegishlicha tashkilotlar rahbarlariga qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish uchun topshirildi. Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmasligi, uning nazorati qat’iy olib borilishi ta’kidlandi.
To‘raqo‘rg‘ondagi Toshkent mahallasida yashovchi Mahmuda Xo‘jaqulova turmush chorrahalarida boshidan ko‘p sinovlarni kechirgan. Ayni paytda onasi va 1,5 yashar farzandi bilan ijara asosida ko‘p qavatli uyda turadigan bu yosh ayol o‘zi istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolar yig‘inining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan. Hozirda ishsiz. O‘z-o‘zini band qilish maqsadida tikuv mashinasini olishga yordam so‘rab qilgan murojaati o‘z yechimini topdi. Unga viloyat hokimining topshirig‘i asosida chok mashinasi tuhfa qilindi. Sayyor qabulning o‘zida Mahmuda kabi 10 nafar ayol-qizga subsidiya shartlari asosida tikuv mashinalari taqdim etildi.
Chortoq tumanidagi Sozsoy mahallasida yashovchi Mavjuda Najmiddinova Namangan Davlat universitetining fizika fakultetida shartnoma asosida tahsil oladi. U bundan avval o‘tkazilgan sayyor qabullarning birida viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga ishga joylangan edi. Ayni paytda oilaviy sharoiti yaxshi emasligi sabab kontrakt pulini to‘lashga mablag‘i yetarli emasligi sabab ta’lim kreditidan foydalanishga amaliy yordam so‘radi.
Muloqot davomida Mavjuda kabi kontrakt to‘lashga qiynalayotgan 10 nafar talabadan kelib tushgan murojaat asosida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasiga ro‘yxat shakllanllantirish kerakligi, talabalarning ijtimoiy holati o‘rganilgan holda tegishli moddiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Namangan Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Yulduz G‘ulomjonovaning murojaatida ilgari surilgan loyiha ijtimoiy ahamiyatga molik. To‘raqo‘rg‘on tumani markazidagi “Yoshlar uyi” atrofidagi maktab balansida bo‘lgan yer qarovsiz foydalanilmasdan kelinmoqda. Bo‘lajak tadbirkor bu yerda sog‘lomlashtirish markazini qurib, unda maxsus basseyn, aerobika xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu bilan u suyagida o‘sish kuzatilayotgan yosh bolalar va katta yoshdagi imkoniyati cheklangan kishilarning salomatligini yaxshilashga yaqindan yordam berish niyatida.
Viloyat rahbari Namanganda bunday o‘xshashi yo‘q taklifni bildirgan talabani olqishlab, mazkur masalani joyida chuqur o‘rganib, ijobiy hal etish yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Markaziy bank viloyat boshqarmasi mutasaddilariga topshiriq berdi.
To‘raqo‘rg‘on tumani Yettikon mahallasida yashovchi Samandar Isroilov “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan. Sharoiti og‘irligi sababli oilasiga yaqindan yordam berish maqsadida biror kasbu korning etagidan tutmoqchi. U haydovchilikka qiziqishi yuqoriligi, ammo bunga o‘qish uchun unda imkoniyat yo‘qligini aytdi. Ommaviy kasbni o‘rganishida yordam ko‘rsatilishini so‘rab yana 15 kishi murojaat qildi. Ularga yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Shu joyning o‘zida, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida 10 nafar o‘g‘il-qizga haydovchilik guvohnomasiga imtiyozli o‘qish uchun sertifikat topshirildi.
Sayyor qabulda erkin kurash bo‘yicha yaqinda Qozog‘istonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 55 kilogram vazn toifasida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritgan Namangan shahridagi 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Madina Usmonjonovaga mukofot tariqasida tikuv mashinasi va bir bosh qo‘y sovg‘a qilindi.
– bugungi muloqotdan ko‘nglim to‘ldi. O‘z-o‘zini band etish masalasida yo‘llagan murojaatim ijobiy hal etildi. Menga ajratilgan 20 sotix yer va qo‘ni-qo‘shnilarim yerlarini chopiq qilish uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining jamg‘armasining uch yillik muddat asosidagi imtiyozli krediti hisobidan motokultuator taqdim qilishdi, – deydi To‘raqo‘rg‘on tumani Hamid Olimjon nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nasibullo Boltaboyev. – Ushbu uskuna yordamida kuniga bemalol 100-150 ming so‘m daromad topish mumkin. Bu orqali halol mehnat qilib, xonadonimizga baraka olib kira olaman.
Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarka davomida murojaat etgan 137 o‘g‘il-qizdan 41 nafariga o‘zlari xohish bildirgan tashkilot va korxonalarga ishga kirishlari uchun yo‘llanmalar berildi. 27 nafar yosh esa kasb-hunarga qayta o‘qitish kurslarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 57 nafar yosh esa vaqtincha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |