Xatirchi tumanida viloyat 3-sektor rahbari – IIB boshlig‘i Azat Tasbayev ishtirokida tashkil etilgan “Sayyor qabul”da yuzga yaqin yigit-qiz o‘z murojaatlarini bildirdi.
Bugun mamlakatimizda yoshlar uchun qator imkoniyatlar eshigi ochiq, faqat ulardan unumli foydalanish, o‘z ustida ishlash kifoya. Ayniqsa, ularning murojaatlarini tinglash, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning kelgusidagi faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan uchrashuvda viloyat IIB boshlig‘i har bitta muammo va murojaatni tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ko‘magida shu kunning o‘zidayoq hal etishga alohida e’tibor qaratdi. Yoshlar bandlik, imtiyozli kreditlar olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, tibbiy ko‘rik, OTMlarda to‘lov shartnomalarini to‘lashdagi muammolar, qolaversa, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasidagi muammolar o‘rtaga tashladi.
– bugungi “Sayyor qabul”da o‘z biznes loyihamni amalga oshirish uchun pishiriq pishirishga mo‘ljallangan dastgoh hamda texnologiyalar olishga ehtiyojim borligini aytdim, – deydi ishtirokchilardan biri Munisa Pardayeva. – Sektor rahbari murojaatim shu yerning o‘zidayoq ijobiy hal etilib, ta’minotchilar tomonidan zarur jihozlar ikki kun ichida yetkazib berilishini aytdi va nazoratga olindi.
Zebuniso Ergasheva ham “Sayyor qabul”da o‘zi istiqomat qiluvchi qishloqda ichimlik suvi va ichki yo‘llarning ta’mirtalab ahvolda ekani, bu esa hudud aholisi uchun ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani to‘g‘risida murojaat qildi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan mazkur murojaat alohida nazoratga olinib, maxsus ishchi guruh tuzildi. Tez orada bu noqulayliklar bartaraf etilishi bo‘yicha kelishib olindi.
Qabul davomida tumandagi “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlarga kasbga o‘qitish bo‘yicha maxsus sertifikatlar, o‘ndan ortiq xotin-qizga esa tikuv mashinalari berildi.
Muloqotlarda yuzga yaqin murojaat qabul qilinib, ularning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, ayrim murojaatlar ijrosi bo‘yicha muddatli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz viloyat 3-sektor rahbari ishtirokidagi sayyor uchrashuvlar tumanlar kesimida davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |