Samarqand viloyati hokimligida viloyat tashkilotlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri tanishtirildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Mamatjon Mukumovich Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlanganligini ma’lum qildi.
Tadbirda Xalq qabulxonasi mudiri va Xalq qabulxonalari oldida turgan vazifalar haqida fikrlar bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasiga 2020 yil 10 fevralda Bosh prokuror o‘rinbosari-harbiy prokuror vazifasiga tayinlangunga qadar Sh.Uzoqov rahbarlik qilgan edi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |