Xatirchi tumanida Navoiy viloyat sudi raisi Hamidulla Qudratov va viloyat ma’muriy sudi raisi Akmal Murodov ishtirokida fuqarolarning sud-huquq sohasiga oid murojaatlari yuzasidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Murojaatlarning aksariyati uy-joy, oilaviy masalalar, aliment undirish, sud tomonidan tayinlangan davlat boji miqdorini kamaytirish hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ko‘rilayotgan ishlar yuzasidan bo‘ldi.
Qabul jarayonida 21 nafar fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganildi. Shundan 11 nafariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaroning arizasi yuqori instansiya sudida qayta ko‘rish uchun qabul qilindi.
Shuningdek, o‘ziga nisbatan tayinlangan jazoni belgilangan qismini o‘tagan, o‘rnatilgan tartib qoida talablarini bajargan, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 7 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi JK 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
Bu kabi tashkil etilayotgan qabullar aholiga huquqiy tushuntirish berish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga qaratilgan.
Sudyalarning tumanlarda “Sayyor qabuli” davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |