Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida inson resurslarini rivojlantirish, xususan, davlat boshqaruvi sohasini isloh qilish borasidagi ishlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish hamda bilimini baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish, kadrlarni tanlashda ochiq va oshkora tanlov tizimini joriy etish, kadrlarni bilimli, qat’iyatli, korrupsiyaga toqatsiz qilib tayyorlash borasida qator vazifalar belgilab berilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ushbu vazifalarga muvofiq, kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyati, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimini joriy etishga qaratilgan ishlar jadallashtirildi. Agentlik tomonidan bir qator davlat idoralari bilan hamkorlikda davlat fuqarolik xizmatiga kirishda inson omilini kamaytirish hamda barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz platformasi ishlab chiqildi.
Mazkur portal davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning ochiq mustaqil tanlovlarini tashkil etadigan elektron tizim bo‘lib, Internet tarmog‘ida “bir darcha” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadi.
– Hozirgi kunga qadar mazkur portalga 50 ta vazirlik va idora, 12 ta viloyat hamda 190 ta tuman (shahar) hokimliklari ulangan bo‘lib, mavjud 3 ming 415 ta vakant lavozim bo‘yicha ochiq tanlovlar e’lon qilingan, – dedi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri Ilhom Qurbonov. – Ushbu vakant lavozimlarga jami 60 mingdan ortiq nomzoddan hujjatlar kelib tushgan, bitta vakant lavozim o‘ringa o‘rtacha 17-20 kishi hujjat topshirgan. Davlat xizmatiga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlarning 25 foizi, ya’ni 15 mingdan ortig‘i xotin-qizlarni tashkil etadi. Portal faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan buyon bir kunda o‘rtacha 2-3 nafar fuqaro davlat xizmatiga ochiq tanlov orqali ishga qabul qilinmoqda.
Vakant lavozimlar uchun tanlovlar nafaqat mutaxassis kadrlar, balki rahbar lavozimlar bo‘yicha ham o‘tkazilmoqda. Jumladan, bugungi kunga qadar Bo‘ka, Bekobod va Yangiariq tumanlari hokimi o‘rinbosarlari lavozimlariga ochiq mustaqil tanlov asosida kadrlar ishga qabul qilindi.
— Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ushbu tashabbusi malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida egallanishiga yo‘l ochmoqda, – dedi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali bosh inspektori lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi Murod Aminov. – Bu, o‘z navbatida, nomzodlardan yuksak salohiyat talab etadi. Men ham davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uzplatformasi orqali ishga joylashish uchun ariza topshirdim. Muhimi, jarayonlar shaffof, adolatli mexanizm asosida amalga oshirildi. Ushbu ochiq jarayon kadrlar bilan ishlashning zamonaviy tamoyillariga asoslanganligi sabab korrupsiyadan ham yiroq.
— Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amaliyotga tatbiq etib kelmoqda, – dedi Jizzax shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi Surayyo Sherqo‘ziyeva. – Vakant lavozimlarning yagona ochiq portali ana shu ezgu ishning amaliy ifodasi bo‘ldi. Menda ham ushbu ochiq va oshkora tizimli tanlovlar orqali kareramni davom ettirishga ishtiyoq tug‘ildi va u orqali o‘zimni sinab ko‘rdim. Yosh kadr sifatida aytishim mumkinki, ilgari oliy ta’lim muassasasida o‘qib yurgan kezlarimda menda juda katta savol bor edi: kelajakda qanday ish topaman, davlat xizmatiga kirish qanchalik shaffof ekan, degan. Tengdoshlarimga maslahatim, ortiqcha ma’lumotnomalar yig‘ishni to‘xtating va davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona platformasi orqali davlat fuqarolik xizmatiga kirishga shoshiling.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |