Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termiz filialida bo‘lib, shifoxonadagi sharoitlar bilan tanishdi.
Yuz o‘ringa ega tibbiyot markaz aholiga gematologik va transfuziologik yordam ko‘rsatish, shunday kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolashga ixtisoslashgan. Bu yerda bemorlarga statsionar, ambulator tartibda xizmat ko‘rsatiladi. Muassasa zamonaviy nur terapiyasi uskunalari bilan jihozlangan.
Joriy yilda shifoxona uchun 150 o‘rinli yangi bino barpo etish, bu yerda bolalar onkologiyasi, bolalar va kattalar uchun onkogematologiya bo‘limlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbari markazda yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdi. Ularga shifo tilab, Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bayram sovg‘alarini topshirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |