2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi ishonchi – eng muhim omil

Navoiy viloyati Karmana tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Bosh prokuratura masʼullari ishtirokida Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa va Navbahor tumanlari aholisi bilan ochiq muloqot hamda sayyor qabul oʻtkazildi.

Mamlakatimiz sud-huquq tizimida ochiqlik va shaffofliknitaʼminlashmaqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 13 iyuldaeʼlon qilingan “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gifarmoni muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, sudlarning faqat jazolash tizimidan oʻzaro yarashtirish, adolatni tiklash, afv etish kabi bosqichga oʻtishi aholining davlatga ishonchini mustahkamlash, ayblanuvchigayana bir bor imkon berish va uni toʻgʻri yoʻlga solishda samarali omil boʻlayotir. 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari B.Isakov shu xususda toʻxtalib, milliy qonunchiligimizga mediatsiya toʻgʻrisida meʼyoriyhujjat kiritilishi turli nizo va ziddiyatli vaziyatlarga munosib yechim topish, tomonlarning oʻzaro kelishuviga erishish, jazolash va boshqa choralarning oldini olishda qoʻl kelayotganini taʼkidladi.

Ochiq muloqot va sayyor qabulda fuqarolarning taklif-mulohazalari, ularni koʻpdan beri qiynab kelayotgan muammolar, yechimini kutayotgan dolzarb masalalar hamda sud organlari tomonidan chiqarilgan qaror va hukmlardan noroziligi holatlari oʻrganildi. Mavjud toʻrtta sud masʼullari har bir murojaatni tinglab, ularga qonuniy javob va huquqiy maslahat berdi. 

Xususan, Navbahor tumani “Yuqori Beshrabot” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Madaminjon Berdirasulov va uning otasi Tuygʻun Mahmudov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga tashakkurnoma bildirildi. Gap shundaki, joriy yil 19 may kuni Madaminjon oʻz boshqaruvidagi “Tiko” rusumli avtomashinasida ehtiyotsizlik oqibatida yoʻl boʻylab velosipedda harakatlanayotgan fuqaroni urib yuboradi. Oqibatda velosiped haydovchisi yengil tan jarohati oladi. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochiladi. Tuman sudi tomonidan mahallada sayyor sud oʻtkazilib, jabrlanuvchi va ayblanuvchining oʻzaro yarashuviga erishilgach, ish harakatdan toʻxtatiladi. Bu bilan bir insonning ehtiyotsizlik tufayli jinoyatchiga aylanib qolishi, farzandlari kelajagi va taqdiriga putur yetishining oldi olindi. 

Navoiy shahridagi “Hosil” bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatida oʻz dala-hovlisida issiqxona tashkil etib, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan Guliston Jumatovaning murojaati qator yillardan buyon yechimini topmay kelayotgani maʼlum boʻldi. Fuqaroning soʻzlariga koʻra, issiqxona ehtiyoji uchun foydalanilgan gaz isteʼmoli qarzdorlik sabab 2016 yil 16 iyun kuni ogohlantirishsiz tarmoqdan uzilgan. Gaz idorasi maʼlumotlari asosida 242 ming soʻm qarzdorlik toʻlanadi. Biroq maʼlum muddat oʻtgach, xonadon sohibining xatti-harakatlariga nisbatan dalolatnoma tuzilib, ish sudga oshiriladi. Oqibatda isteʼmolchi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriyjavobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 101-moddasiga asosan davlatga yetkazilgan 4 million 482 ming 285 soʻm miqdoridagi moddiy zararni qoplash majburiyatini oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga qilingan murojaat sabab ayblov va sud qarori bekor qilinadi. 4 nafar farzandni tarbiyalayotgan vaqtincha ishsiz xonadon sohiblari issiqxonani tiklashi, gaz tarmogʻiga qaytadan ulanishida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Mutasaddilar tegishli maslahat va koʻrsatmalar berdi. 

Aholi bilan uchrashuvlar kunning ikkinchi yarmida Xatirchi tumanida davom etdi. Unda fuqarolarning muammolari oʻrganilib, aksariyatiga huquqiy yechim topildi. 

Sayyor qabullar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida davom etmoqda. 

 

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat) OʻzA

13.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar