2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xorazm viloyatida ommaviy qabullar bo`lib o`tdi

Xorazmda fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Prezident Хalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida uch kun davomida ommaviy qabullar o‘tkazildi.

Ko‘shko‘pir tumanidagi  jarayonlarni kuzatar ekanmiz respublika mutasaddilariga joyida yuzma-yuz murojaat qilish imkoniyati olis xududlardagi ko‘plab insonlar qalbida rozilik tuyg‘ularini uyg‘otdi. Qabullar nafaqat   Ko‘shko‘pirliklarga balki xududga yondash Xiva shahri va Xiva tumani ahliga ham qulay imkoniyat  bo‘ldi.

Masalan, Ko‘shko‘pir tumaning “Xadra” qishlog‘ida yashovchi Hayitboy Rajabov 2011-2019 yillarda “Sanjarbek Zafarbek” fermer xo‘jaligini boshqargan. O‘z vaqtida sug‘urta badallarini amalga oshirib kelgan. Uning aytishicha 2018 yilda  suvsizlik muammosidan fermer katta talofat ko‘rgach sug‘urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Ammo to‘lanishi zarur bo‘lgan mablag‘ni o‘z vaqtida ola bilmagani fermerni qarzdorlik botqog‘iga botirgan. Xayitboy Rajabov nihoyat ommaviy qabulda sudlar ko‘magi bilan najot topdi. Yaьni 82 mln so‘m mablag‘ endilikda sobiq fermer foydasiga undirilib beriladigan bo‘ldi.

Ixtiyor Rahimov Kshko‘pir tumani  “Yangilik” mahallasida istiqomat qiladi. U ommaviy qabulda ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga  ish xaqini undirish masalasida murojaat qildi. Gap shundaki tumandagi Parrandachilik klasterida ishlagan  yosh yigit  6 oylik mehnat xaqqini mana 1 yildirki ololmasdan kelmoqda. Ommaviy qabul tugamasdan uning masalasi hal bo‘ldi.

Yangibozor tumanidagi so‘lim go‘sha xudud aholisi bilan birga  Shovot, Gurlan tumanida yashovchi murojaatchilar keldilar. Bosh prokuror o‘rinbosariga yuzlangan Shovotlik Muyassar Obidxo‘jayeva chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari. 110 bosh nasildor qoramoli bo‘lgan fermer xo‘jaligining ekin yer maydonlariga ehtiyoji bor edi. Fermer ayolning bu borada prokuratura organlariga qilgan murojaati javobsiz qolmadi. Unga ozuka yetishtirish uchun tuman hokimi qarori bilan  50 gektar yer maydoni ajratildi.

Birinchi guruh nogironi Gʻanisher Saidov va uning turmush o‘rtog‘i yengil konstruksiyali shahobcha barpo etish maqsadi borligini bildirishdi. Murojaatchilarning nafaqat bu masalasi, balki Bog‘ot tumani “Nurafshon” mahallasidagi kommunal sohaga oid muammolarini ham hal etish uchun nazoratga olindi.

Orombek Masharipov Urganch tumani hududidan tugallanmagan bino sotib oladi. Biroq Urganch tumani prokurori tomonidan tuman hokimi qarorini bekor qilish haqida protest keltirilgan. Urganch tumani hokimligi ushbu protestni qanoatlantirgach, fuqaro o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida ma’muriy sudga murojaat qildi. Sudda shaxsning qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlandi.

Jasurbek Ibragimov Xorazm viloyatida o‘tkazilgan oldingi ommaviy qabulda Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga murojaat qilgan edi. Gap shundaki, 2004 yildan viloyat ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan yurtdoshimiz 2010 yilda ichki ishlar tizimidan bo‘shatilgan. O‘sha paytda jinoyat ishi ochilib, ozodlikdan mahrum etilgan sobiq xodim kun kelib yana xizmat formasini kiyishini xayoliga ham keltirmagan edi. Biroq aybsizligi tufayli qalbidagi zarracha umid sira so‘nmadi. 

Jasurbek Ibragimov 2020 yilda sud hukmi bilan to‘la oqlandi. Bir paytlar kamdan kam sodir bo‘ladigan bunday holat Jasurbek Ibrohimovga yana bir karra ishonch bag‘ishladi. Arizalar va ommaviy qabullardagi yuzma-yuz murojaatlar sabab u ichki ishlar tizimiga ishga tiklandi.

Farruh Aminov oldingi Urganch buyum bozorida buzilishga tushgan 80 kv metr bo‘lgan do‘koni o‘rniga berilgan yer maydoniga egalik qilolmasdan ovvora edi. Ommaviy qabulda tadbirkorga tuman hokimi qarori chiqarib berildi.

Shuningdek, fermer Xushnud Jabborov xususiy firma bilan oldi-berdi xisobida 74 mln so‘m pulni ololmayotgani borasida murojaat qildi. Unga ushbu mablag‘ qabulning o‘zidayoq undirib berildi.

Uch kun kun davom etgan ommaviy qabullarda 1004 nafar fuqarodan 1008 ta masalalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Shulardan  153 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal qilindi, 85 nafar fuqaroga xuquqiy maslahat, 314 nafariga asoslantirilgan tushuntirishlar berildi, 456 ta murojaat qaьtiy nazoratga olindi.

25.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar