Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida Uchquduq va Tomdi tumanlari va Zarafshon shahri aholisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov rahbarligida Ishchi guruh tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari I.Muslimov ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda 56 nafar fuqaroning 47 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 9 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga oid masalada murojaat qildi.
56 ta murojaatdan 16 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 35 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojaatlar qanoatlantirildi. 5 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.
– Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi tomonidan 18 ta, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi tomonidan 5 ta, jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi tomonidan 12 ta, jami 35 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi, – deydi Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Aziza Ro‘ziyeva. – Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi tomonidan 2 nafar shaxsga oid jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 8 nafar shaxsga nisbatan aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi. 5 nafar shaxsga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash bo‘yicha arizasi qanoatlantirildi.
Shu bilan birga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 6 nafar shaxsga nisbatan qarz undirish, 1 nafar shaxsga nisbatan ta’minot undirish, 1 nafar shaxsga nisbatan kompensatsiya undirish haqidagi da’vo arizalar Ijobiy hal etilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, 7 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 3 ta oila yarashtirildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy sudlar tomonidan 17 ta ish sud majlislarida ko‘rilib, tadbirkor (da’vogar)lar foydasiga jami 655 million so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirildi.
Ommaviy qabullar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |