2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullar davom etmoqda

Ellik ming so‘mlik g‘urbatni eshitganmisiz? Albatta, g‘am-qayg‘uning narxini baholash mushkul, biroq bu hayotning murakkabligi shundaki, unda quvonch va tashvishlar, "oq" va "qora" ranglar doim yonma-yon yuradi. Bundan 7 yil avval 50 ming so‘m kasriga qonliko‘llik Shiyrinxan Taumuratovaning hayoti ham bir ters aylanib oldi, ayol og‘ir vaziyatga tushib qoldi.

Gap shundaki, 2014 yili Shiyrinxan opa Qo‘ng‘irot tumanidagi bir kollejda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlardi. Shu kollej rahbari bir choyxonadan 148 ming so‘m qarz bo‘lib qoladi-yu, bu pulni o‘sha kunlarda ishdan bo‘shatilayotgan psixologga to‘lashni buyuradi. Psixolog ayol ham ishda qolish uchun dastlab 50 ming so‘m olib kelganda, direktor pulni o‘zi olishdan qo‘rqib, uni o‘rinbosarining oldiga yuboradi.  

Shiyrinxan Taumuratovaning bor aybi shu 50 ming so‘m nima uchun ekanini, ya’ni "uzumning bog‘ini so‘rab-surishtirmay" olib qolgani va direktorga eltib berganida bo‘ladi. Ertasi kuni psixolog yana 100 ming so‘m olib direktor oldiga kirib berayotgan joyda direktor qo‘lga olinadi, tabiiyki, oldingi 50 ming so‘m poraning vositachisi sifatida Shiyrinxan opa ham jinoyatchilar qatoriga qo‘shilib qoladi. 2015 yil 13 fevraldagi sud hukmi bilan Shiyrinxan Taumuratova 2 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, unga 2 yillik shartli sinov jazosi tayinlanadi.

Kuni kecha Orolbo‘yida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilingan ommaviy qabullarda Shiyrinxan Taumuratova Oliy sud mas’ullaridan qariyb 7 yil oldingi sud hukmini qayta ko‘rib, qonuniy-adolatli hal qilib berishlarini so‘radi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati bu shikoyatni jinoyat ishi materiallari bilan birga ko‘rib chiqib, Qo‘ng‘irot tuman sudining 2015 yil 13 fevraldagi aylov hukmini bekor qildi. Harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli Shiyrinxan Taumuratovani aybsiz deb topib, oqladi.

Ha, Prezident Xalq qabulxonalari Ellikqal’a, Chimboy, Nukus, Qonliko‘l, Shumanay tumanlarida tashkil qilgan ochiq-jonli muloqotlarda Shiyrinxan opa singari muqaddam asossiz ravishda sudlangan jami 4 insonning ishi sudda qayta ko‘rilib, ularning barchasi oqlandi. Yana ko‘plab insonlarning mushkuli oson bo‘ldi, qonun ustuvorligi, odil sudlov yana bir bor amalda ta’minlandi, adolat, insonparvarlik tamoyillari qaror topdi.

Uch kunlik ommaviy qabullarda Orolbo‘yining barcha hududidagi murojaatchilar qamrab olindi. Har bir ariza va shikoyat hududlardagi mas’ul rahbarlar va murojaatchilar ishtirokida sinchiklab ko‘rib chiqildi.

Bu jarayonda Oliy sud mas’ullari ko‘rib chiqqan 615 ta murojaatning 118 tasi joyida hal qilib berildi. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Kegeyli, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Taxiatosh, Shumanoy tumanlari va Nukus shahar sudi tomonidan 36 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.  

Yana 11 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikni cheklash jazolari yengilrog‘iga almashtirildi. Sultonbek Sultonov uch yil oldin o‘ylamay bosgan qadami tufayli 7 yil 6 oyga qamalgan edi. Umrining 3 yil-u 10 oyini temir panjara ortida o‘tkazgan Sultonbek o‘tgan davrda aybini tushundi, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘ldi. Oliy sud mas’ullari qabullar davomida uning ham belgilangan jazoni yengilrog‘iga almashtirish so‘ralgan arizasini ko‘rib chiqdi. Shu ariza asosida sayyor sud o‘tkazilib, Sultonbek Sultonov shu kunning o‘zida qamoqdan chiqarildi.

Shuningdek, qabullarda 2 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar 91 nafar shaxsning aliment undirish, 24 nafar shaxsning yuridik ahamiyatga ega faktlarni belgilash bo‘yicha arizasini qanoatlantirdi, 113 ta da’vo arizalari ish yurituviga olindi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan 34 ta oila yarashtirildi.

104 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Bosh prokuratura mas’ullari kelib tushgan 214 ta masalaning har birini murojaatchi va Qoraqalpog‘iston prokuraturasi rahbariyati bilan yuzma-yuz muhokama qildi. Ular asosan tergov-surishtiruv, sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish, sud qarorlari ijrosi, ish bilan ta’minlash, kredit ajratish, tadbirkorlik va boshqa masalalardagi ariza-yu shikoyatlardan iborat. Bu murojaatlarning asosiy qismi qo‘shimcha o‘rganishni talab qilgani bois nazoratga olingan bo‘lsa, ayrim masalalar joyida hal qilindi.  

Deylik, qonliko‘llik Z.Turjanova non sexi ochib tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni niyat qilgan-u, dastmoyaga pul topolmay turgan ekan. Kamiga 150 million so‘m kredit ajratish masalasini ham banklar anchadan beri cho‘zmoqda. Ayolning Bosh prokuratura mas’ullariga murojaatidan so‘ng unga imtiyozli kredit ajratish masalasi joyida yechim topdi. Shu singari qo‘ng‘irotlik Gulzira Atabayeva va Irisgul Jakiyevaga qo‘shimcha daromad topishi uchun zamonaviy tikuv mashinalari olib berildi.

Umumlashtirib aytganda, Orolbo‘yida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilingan navbatdagi ommaviy qabullarda 970 nafardan ziyod murojaatchining mingta masalasi ko‘rib chiqildi.  

Ularning 144 tasi joyida hal etildi, 342 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 514 ta masala nazoratga olindi.

 

28.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar