2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ayollar muammolari bosqichma-bosqich hal etilmoqda

Andijonda jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollar va yoshlarning rolini oshirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda boshqarma bilan mazkur yo‘nalishda ish olib boruvchi hamkor tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularning faolligini oshirish, o‘z imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratib berishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 8 oktyabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan  yig‘ilishda “Ayollar daftari”ni shakllantirish, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qator vazifalar belgilab berilgan edi.  

Muloqot avvalida viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Mavludaxon Nizomova belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida 2020 yil va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.  

Andijon viloyatida 1 million 544 ming nafardan ziyod xotin-qiz istiqomat qiladi, shundan 695 ming nafarini 30 yoshdan oshgan ayollar tashkil etadi. Topshiriq doirasida o‘tkazilgan xatlov jarayonida 614 ming 227 nafar ayolga anketa to‘ldirilgan. Xonadonlarni o‘rganish davomida ayollar tomonidan 54 ming 465 ta muammo bildirilgan.

O‘rganishlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan yo‘nalishlar va tartib asosida 29 ming 587 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritildi. Ularning aksariyatini ijtimoiy himoyaga muhtoj  ishsiz, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand, nogiron, tibbiy, huquqiy yordamga, psixologik maslahatga muhtoj, shuningdek, qaramog‘ida nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ayollar tashkil etdi.  

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo‘yicha mahallabay tizimida ishlar olib borildi. Joriy yilning 28 may kuniga qadar belgilangan 9 ta yo‘nalishda 28 ming 773 ta muammo hal etildi.

Jumladan, ishsiz xotin-qizlarning 11 ming 173 nafari, shundan 3 ming 113 nafari doimiy, 765 nafari jamoat ishlariga joylashtirildi. Shu bilan birga, subsidiya ajratish orqali 56 nafar, boshqa turli yo‘nalishlarda 8 ming 787 nafar ayolning bandligi ta’minlandi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 ming 613 nafar ayol kasb-hunarga o‘qitildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi 8 ming 947 nafar xotin-qizga 90 milliard 428 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.  

Tomorqadan unumli foydalanib, daromad olishni istagan 1 ming 993 nafar ayolga zarur yordam ko‘rsatildi. Xususan, 112 nafar ayolga “Tomorqa xizmati” korxonalari orqali 2 milliard so‘m miqdorda imtiyozli kredit ajratildi, 1 ming 387 nafar ayolga esa fermer xo‘jaliklari orqali yordam berildi.  

Boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand 786 nafar xotin-qizga 643,9 million so‘m, nogironligi bo‘lgan 313 nafar ayolga 267 million miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.  

Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj 1-guruh nogironligi bor 23 nafar ayolning uy-joyi ta’mirlab berildi. Noturarjoyda istiqomat qilayotgan 23 nafar ayol yashash joyi bilan ta’minlandi. Qaramog‘ida bir va undan ortiq nogiron bolalari bo‘lgan 551 nafar yolg‘iz ayolga 449,9 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Viloyatdagi 3 ming 16 nafar tibbiy, 1 ming 290 nafar huquqiy, 657 nafar psixologik ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga tegishli tartibda yordam ko‘rsatilib, zarur maslahatlar berildi.  

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar, ularning muammolarini hal etish borasida olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning 28 may holatiga 28 ming 773 nafar ayol “Ayollar daftari”dan chiqarildi. Ayni paytda qolgan 814 nafar ayolning muammolarini hal etish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Muloqotda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar bilan olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar e’tirof etildi. Bu borada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqid qilindi, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

07.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar