2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Baliqchi tumanidagi mahalla yo‘llari obod bo‘lmoqda

Andijonda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida tanlab olingan mahalla va qishloqlarda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, qurish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Har bir hudud qiyofasiga ko‘rk bag‘ishlovchi jihat o‘sha go‘shaning yo‘llari hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha joylarida obodonchilik, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo‘llar qurish, mavjud yo‘llarni ta’mirlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘plab yo‘llar joriy va kapital ta’mirlanib, yangilari barpo etilmoqda. Mazkur yo‘nalishda Andijon viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda Andijon viloyatida 2463 kilometr umumfoydalanuvdagi, jumladan, 103 kilometr xalqaro, 800 kilometr davlat, 1 ming 560 kilometr mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari, shuningdek, tuman va shahar yo‘l boshqarmalari tasarrufida 1 ming 40 kilometr ichki, shahar va boshqa aholi punktlarida 9 ming 109 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud.

Baliqchi tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi holati og‘ir bo‘lgan Do‘stlik va Iftixor mahallalarida "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlari doirasida qator ishlar olib borilmoqda. Yo‘llarning ta’miriga alohida e’tibor qaratilib, ta’mirtalab yo‘llar asfalt va sheben bilan qoplanmoqda.

Do‘stlik mahallasidagi mavjud Mustaqillik, Navro‘z, G‘ayrat va Yangi hayot ko‘chalarining uzunligi 8,6 kilometrni tashkil etadi. Undan 4,9 kilometr qismini asfaltlash, 3,7 kilometr qismiga shag‘al yotqizish belgilangan.

– Ko‘chalarimiz yozda chang, qishda loyligidan odamlar yurishga qiynalar, bu masalada aholidan yuqori tashkilotlarga juda ko‘p murojaatlar bo‘lar edi, – deydi Baliqchi tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shuhratbek Usmonov. 

– “Obod qishloq” dasturi doirasida mahallamiz yanada obod bo‘lmoqda, ko‘chalarimiz ta’mirlanib, shag‘al va asfalt yotkizilmoqda. Bundan fuqarolarimiz behad mamnun bo‘layotir.

“Obod qishloq” dasturi doirasida tumandagi Iftixor mahallasida ham uzunligi 8,8 kilometr bo‘lgan 4 ta ko‘chaning 6,1 kilometr qismini asfaltlash, 2,7 kilometr qismiga shag‘al yotqizish bo‘yicha ishlar qizg‘in olib borilmoqda.

09.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar