Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar hamda xodimlari ishtirokida ommaviy qabul boshlandi.
Termiz tumanidagi Otchopar maskanida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot chog‘ida mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Odil sudlovga erishish, sud ishi yurituvini yanada yaxshilab, samaradorligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samaralarini berayotgani qayd etildi.
Qabulda Termiz shahri, Angor, Muzrabot, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanida yashaydigan fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlari tinglanib, ularga samarali yechim topish yo‘llari izlandi.
Murojaatlarning aksariyatini fuqarolarning buzilgan haq-huquqlarini tiklash, belgilangan jazoni yengillashtirish, uy-joy, meros, tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy himoya kabi masalalar tashkil etdi.
Qabul doirasida ichki ishlar idoralari probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan yigirmaga yaqin mahkum jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
–Murojaati qanoatlantirilgan mahkumlarning 9 nafari Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslardir,– deydi jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi raisi I.Shaymanov.–Ularning barchasi mehnatga halol munosabatda bo‘lib, jazo o‘tashning tartib qoidalariga qatiy rioya etgani va tuzalish yo‘liga o‘tib, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq amal qilgani hamda hulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirgani uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Bu ham mamlakatimizda so‘nggi yillarda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash yo‘lida yuz berayotgan o‘zgarishlar samarasidir.
Shu kuni odil sud bilib-bilmay sodir qilgan jinoyatining oqibatlarini to‘la anglab yetgan, axloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlar uchun yana bir imkoniyat berib, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, munosib xulq-atvorda bo‘lib, Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi, oilasida tinch-xotirjam yashashiga ishonch bildirdi.
–Oqibatini o‘ylamay sodir etgan jinoyatim sababli menga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi,–deydi Termiz shahrilik G.Xaitova.– Qilmishimning oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetdim. Pushaymon bo‘ldim. Ikki yilu 5 oy sud qarorida belgilangan jazo o‘tash qoidalariga to‘liq amal qilishga intildim. Mana, murojaatim e’tiborga olinib, o‘talmagan 1 yilu 1 oy jazo muddatimdan ilgari shartli ravishda ozod etildim. Endi jamiyatda o‘z o‘rnimni topib, hayotimni qayta izga tushirib olaman.
Ochiq muloqotda 300 fuqaroning 303 ta murojaati tinglanib, ularning 61 tasi joyida hal etildi. Vaqt talab etadigan 169 ta murojaatga tegishli muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi. 54 fuqaroning murojaati huquqiy maslahat berish orqali yechimini topdi. 19 murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
Viloyatda boshlangan ommaviy qabul joriy yilning 12 iyunigacha davom etadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |