2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namanganda “Obod qishloq" va "Obod mahalla” dasturlari ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi transport prokurori Ma’rufxon Xo‘jayev Namangan viloyatining shahar, tumanlari hududlarida ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashni samarali tashkil etish, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, talon-toroj qilish holatlarining oldini olish borasida belgilangan vazifalar yuzasidan har bir ob’ekt bo‘yicha nazorat yo‘lga qo‘yilgan.

Namangan viloyatida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga 26 ta mahalla fuqarolar yig‘ini kiritilgan bo‘lib, ta’mirlanishi rejalashtirilgan ichki yo‘llar umumiy uzunligi 205,9 kilometrni tashkil etadi. Shu jumladan, 56,1 km. yo‘lni asfaltlash, 149,8 km. shag‘allash nazarda tutilgan. Dastur loyihaviy qiymati 85 981,0 million so‘mni tashkil etadi.

Shundan, 41,1 milliard so‘m Respublika byudjeti, 33,7 milliard so‘m mahalliy byudjet, 11,053 milliard so‘m mablag‘ Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilgan bo‘lib, 26 mahalla hududida joylashgan 183 ta ko‘cha ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

O‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunga qadar 13 791,5 million so‘m miqdorida 65,6 kilometr masofa bo‘ylab asfaltlash va shag‘allash ishlari bajarildi.

O‘rganishlar jarayonida, Namangan shahridagi “Dashtbog‘” mahallasi hududidagi 16 ta ko‘chani dastur asosida asfaltlashtirish va shag‘allashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 6,496 kilometrni, loyihaviy qiymati esa 2 645,1 million so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mas’ullarga reja asosida kanalizatsiya, kommunikatsiya va boshqa tegishli ishlar bajarilganidan so‘ng asfalt yotqizish, yuqoridagi ishlarni bajarmasdan turib asfaltlamaslik haqida tegishli topshiriq berildi.

Respublika prokuratura organlari tomonidan mazkur yo‘nalishda o‘rganish tadbirlari davom etmoqda.

12.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar