2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘ra Bobolov sharoiti og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalar bilan tanishib, aholi muammolarini o‘rganmoqda

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev hamroxligida Angor tumanida bo‘lib, Novshahar, Chinobod hamda Oxunboboyev nomli mahallalarda yashaydigan aholi vakillari bilan uchrashdi.

Viloyatda 721 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Joriy yil boshidagi o‘rganishlar natijasida ulardan 101 tasi sharoiti og‘ir hudud sifatida tanlab olingan.

Ayni paytda mazkur mahallalarda aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash hamda aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilayotir.

Angor tumanidagi Novshahar, Chinobod hamda Oxunboboyev nomli mahallalar ham sharoiti og‘ir hududlar sirasiga kiritilgan bo‘lib, muloqot davomida aholidan mahallalarning ichki yo‘llarini toshlash, qishloq vrachlik punktini ta’mirlash, xonadonlarni qo‘shimcha maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash, ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash kabi masalalarda murojaatlar tushdi.

Viloyat rahbarining bevosita ko‘rsatmasi bilan shu kunning o‘zida murojaatlar yechimiga kirishildi. 56 ta yuk mashinada shag‘al keltirilib, mahallalarning ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Mutasaddilarga 1 hafta muddatda qishloq vrachlik punktini ta’mirlash ishlariga kirishish, xonadonlarni qo‘shimcha yana 100 dona maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash to‘g‘risida topshiriq berildi. Shuningdek, murojaatchilarga  “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani, bu loyihani qisqa muddatda amalga oshirish orqali boshqa hududlar aholisi qatori angorliklarning ham suv ta’minotini tubdan yaxshilash choralari ko‘rilayotgani tushuntirildi.

Viloyatda og‘ir, ko‘p millatli hudud sifatida tanlab olingan 101 ta mahallaning 6 tasi shahar markazida, 8 tasi tumanlar markazida va 87 tasi tumanlar markazidan olis va chegara hududlarda joylashgan. Mazkur mahallalarda 360 mingdan ortiq aholi 70 mingdan ziyod xonadonda istiqomat qiladi.

Mahallalarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish ishlari birinchi bosqichda – yo‘llarga tosh yotqizish, ko‘priklarni ta’mirlash, gaz, elektr va issiqlik ta’minotini yaxshilash, ikkinchi bosqichda – aholining tomorqadan samarali foydalanishini tashkil qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorvachilik, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, uchinchi bosqichda – hudud infratuzilmasini rivojlantirish, qurilish-ta’mirlash bunyodkorlik ishlarini tashkil etish, to‘rtinchi bosqichda – bandlik, ijtimoiy himoya, ma’naviy muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Shu kuni viloyat hokimi novshaharlik Sanam Rasulova xonadonida bo‘lib, bu oilaga qurib berilayotgan yangi uyni ko‘zdan kechirdi.

– Turmush o‘rtog‘im bilan ikkimiz anchadan buyon avariya holatidagi uyda yashab kelayotgan edik. Sog‘ligimiz yomonligi, qarovchimiz va moddiy sharoitimiz yo‘qligi tufayli uyni ta’mirlashga yoki yangisini qurishga imkonimiz yetmayotgan edi, – deydi S. Rasulova. – O‘tgan oyda viloyatimiz hokimi kutilmaganda ko‘chamizga qoldilar. Uyimizning avariya holati ularning e’tiborini tortdi shekilli, kirib yashash sharoitimiz bilan tanishdilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay yashab turgan bir xonali eski uyimiz yonida yangidan uch xonali uy-joy qurilishi boshlab yuborildi. Bunday g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan behad minnatdorman.

To‘ra Bobolov yangidan qurilgan uy-joy bilan tanishar ekan, mutasaddilarga xonadon egalarining bu yerga tezroq ko‘chib o‘tib yashashlari uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

28.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar