“Obod qishloq” dasturi amalda
Jizzax viloyatining Zomin tumanida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning va kechayotgan o‘zgarishlarning tub zaminida yurtdoshlarimizning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni bugungi hayotidan to‘laqonli rozi bo‘lib yashashlari mujassam.
Ko‘p yillar davomida fuqarolarga oddiy turmush sharoiti yaratish, yoddan ko‘tarilgan, chekka hududlardagi aholi punktlarida bugun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasidagi xayrli ishlar jadallik bilan olib borilayapti.
Ushbu davlat dasturlari ijrosini nazorat qilish Jizzax viloyati prokurorining ham e’tiborida.
Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Umarova yaqinda Zomin tumani 2-sektor hududiga qarashli “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, tuman prokurori I.Alikulov, tuman IJQK departamenti boshlig‘i Sh.Nasrullayev va boshqa mas’ullar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Mahallada aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Umarova ushbu hududni o‘rganish jarayonida, “xonadonbay” tizimida ish yuritib, “Yoshlik” MFYdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan bir necha oilalarda bo‘ldi. Ularning yashash sharoitlari, turmush tarzi va muammolarini o‘rgandi.
Tuman va mahalla mutasaddilariga xonadonlarda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, ayollarning bandligini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar yuklandi.
Jizzaxda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Ushbu dasturlarning ijrosi viloyat prokuraturasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |