Mamlakatimizda aholi muammolarini aniqlash, ishlarni “mahallabay” tashkil etish, mahallani xalq bilan davlat o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishini amalda ta’minlash, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlar doirasida mahalla mutasaddilarida yangicha dunyoqarashni shakllantirish va kasbga oid ko‘nikmalarini oshirish, mehnat samaradorligini yaxshilash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
“Mahallabay” ishlash tizimining maqsadi, mohiyati va ahamiyatini avvalo shu kasb egalariga tushuntirish, uni amaliyotga joriy etilishini ta’minlash va ushbu tizim zanjirining har bir bo‘g‘ini o‘z funksiyasini to‘la-to‘kis bajarishini kafolatlash bo‘yicha aniq va manzilli ko‘rsatmalar berildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish asosida ularning sifat tarkibini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada Navoiy viloyatida tizimdagi 36 nafar rahbar-xodimga har kuni kamida ikkita mahallaga kirish, ularning mavjud muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va yechimi bo‘yicha taklif kiritish masalalarida shaxsiy mas’uliyat yuklatilgan.
Hafta davomida hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, aholi muammolarini o‘rganish, oilaviy munosabatlar, jinoyatchilik, ijtimoiy xizmatlar va boshqa bir qator omillar va ko‘rsatkichlar hisoboti asosida xulosalar shakllantiriladi, mahalla fuqarolar yig‘inlarining faoliyati natijadorligi tahlil qilinadi. Bu tamoyil asosida o‘z lavozimiga noloyiq, deb topilgan 69 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisining vakolati muddatidan oldin tugatildi, 46 nafar o‘rinbosar lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish orqali fuqarolar yig‘inlari mutasaddilarining mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Mazkur yo‘nalishda esa Davlat boshqaruvi akademiyasi va Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari va dasturlari ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari, ulardan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlari oldida turgan vazifalar bilan tanishtirish, faoliyatiga uslubiy ko‘maklashish belgilab olingan.
Davlat boshqaruvi akademiyasining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikdagi dasturlariga asosan “mahalla raisi – islohotchi” va “mahallabay” ishlash tizimi tamoyillarini amaliyotga joriy etish mexanizmlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tomonidan bu boradagi vazifalar tizimli amalga oshirib kelinmoqda.
Yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan ulkan tizimni bir kunda yoki bir oyda qayta isloh qilish qiyin. Shu asnoda, mahalla institutsional tizimi bugun yangicha yondashuv va dunyoqarashga moslashib bormoqda. bugungi kunda mahalla raisidan har bir masalaning ichiga kirishi va uning yechimi bo‘yicha o‘zining mustaqil fikri va qaroriga ega bo‘lishi talab etiladi.
Kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tahlil qilinsa, viloyatda mahalla xodimlari faoliyati ustidan shikoyatlar 116 ta bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 190 taga kamayganligini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, tibbiy, huquqiy masalalardagi murojaatlarning ijtimoiy daftarlar asosida hal etilishi natijasida ularning ijobiy natijadorligi 70-80 foizga oshganligi kuzatildi.
Hududda “Ayollar daftari” bilan ishlashda va bajarilgan vazifalar monitoringida mutlaq yangi tizim joriy etilgan. Xatlov ishlaridan tortib, muammoli xotin-qizlar bilan amalga oshirilgan manzilli tadbirlar va ularga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha “mahalla platformasi” ishlab chiqildi.
Mazkur platforma, “mahalla – xalq qabulxonasi – sektor – mahalla” tamoyili asosida fuqarolarning har bir muammosi mahallaning o‘zida yechim topishiga xizmat qiladi. Natijada fuqarolar davlat idoralarining eshigini taqillatishiga ehtiyoj qolmaydi, ortiqcha ovoragarchilikning oldi olinadi.
“Mahalla” platformasiga fuqarolar yig‘ini tomonidan muammoli xotin-qizlar to‘g‘risidagi axborot joylashtiriladi, xalq qabulxonasi tomonidan nazorat o‘rnatiladi, sektor rahbari va mutassadi tashkilotlar tomonidan muammoli ayollar bilan olib borilgan ishlar va ularga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirib boriladi. Agar mahalla raisi tomonidan qoniqish hosil qilinganda, u platformadan chiqarilishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni, elektron axborot almashinuvi orqali muammoli xotin-qizlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar zanjiri bevosita mahalla nazoratida bo‘ladi.
Qolaversa, mazkur platformadan kelgusida hududiy dasturlarni tuzishda, aholining ijtimoiy himoyasini amalga oshirishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerakligi xususidagi ma’lumotlar bazasi sifatida foydalaniladi. Umuman olganda, bu tizim orqali “Ayollar daftari” bilan ishlashda davlat va jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishga zamin yaratiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |